Braziliya sobiq prezidenti Fernandu Kolor di Melu korrupsiya işi böyiça 8 yil-u 10 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. 31 may, çorşanba kuni Braziliya Oliy sudi 73 yoşli sobiq davlat rahbarini poraxörlik va pul yuvişda aybdor deb topdi.
Sud 2010-2014 yillarda, prezidentlikdan ketganidan keyin Senat a’zosi bölgan Kolor di Melu şartnoma imzolaş imkoni evaziga Petrobras neft kompaniyasi şu’ba korxonasi bölgan BR Distribuidora energetika kompaniyasidan katta miqdorda pora olganini isbotlangan holat deb topdi. Kolor di Melu hukm töliq e’lon qilinganidan keyin apellyatsiya berişi mumkin. Jarayon 2014 yilda yuzlab siyosatçilar, davlat xizmatçilari va biznesmenlar iştirok etgan Lava Jato korrupsiya mojarosi bilan boğliq.
Fernandu Kolor di Melu 1989 yilda harbiy diktatura qulaganidan keyin Braziliyaning töğridan töğri saylangan birinçi prezidenti böldi va 1990 yilda lavozimga kirişgan. 1992 yil dekabr oyida saylov kampaniyasiga pul undiriş va korrupsiya mojarosi fonida u iste’foga çiqdi. 1994 yilda dalil yöqligi sababli sud uni oqladi. Keyinçalik, Kolor di Melu siyosatga qaytdi va 2023 yil fevraligaça Alagoas ştatidan senator bölgan. 2015 yilda sud sobiq prezidentga qarşi yangi tergov boşladi.
Braziliyaning amaldagi prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva korrupsiya va pul yuvişda ayblanib, qamoq jazosini ötagan edi. 580 kunlik qamoqdan söng Oliy sud Lula da Silvaga nisbatan çiqarilgan hukmni rasmiy sabablarga köra bekor qildi.












