AQŞ prokuraturasi sobiq prezident Donald Trampning Oq uydan olib ketgan maxfiy hujjatlardan birini muhokama qilgani yozilgan audioyozuvni topdi. Bu haqda 31 may, çorşanba kuni manbalarga tayanib CNN xabar berdi. 2021 yil yozida yozilgan audioyozuvda Tramp Eronga ehtimoliy hujum haqida Pentagonning maxfiy hujjati borligini tan olgan. Sobiq prezident hujjat AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, general Mark Millidan olinganini da’vo qilgan. 

Tramp saylovoldi kampaniyasi vakili CNN xabariga izoh berar ekan, bunday «sizib çiqiş»lar faqat «keskinlikni kuçaytiriş»ga qaratilganini aytdi. «Adliya vazirligining prezidentlik saylovlariga aralaşuvi davom etişi uyatdir va bu asossiz tergovni, AQŞ soliq tölovçilarining pullarini demokratik siyosiy sabablarga köra behuda sarflaşni töxtatiş kerak», dedi u. 

2022 yilda FTB Trampning Floridadagi Mar-a-Lago mulkidan 300 dan ortiq hujjatni qaytarib oldi: ulardan 184 tasi 15 qutida AQŞ Milliy arxivlar va yozuvlar boşqarmasiga yanvar oyida yuborilgan, 38 tasi Trampning advokati tomonidan tergovçilarga topşirilgan. 8 avgust kuni sud ruxsati bilan ötkazilgan tintuv paytida 100 dan ortiq hujjat topildi. FTB agentlari tomonidan Tramp qarorgohida topilgan hujjatlar röyxatiga, jumladan, «öta maxfiy» va «maxfiy» hujjatlar ham kiritilgan.