Parijliklar boş murabbiyi Kristof Galte Fransiya çempionati sönggi turi doirasidagi «Klermon»ga qarşi öyin oldidan argentinalik 35 yoşli forvard mavsum yakunida jamoani tark etişini tasdiqladi.
«Futbol tarixidagi eng yaxşi öyinçini boşqariş şarafiga muyassar böldim. «Klermon»ga qarşi öyin Messining «Park de Prens»dagi sönggi uçraşuvi böladi. Işonamanki, Lionelni stadion özgaça tarzda kutib olib, çiroyli xayrlaşadi», - deydi Galte.
Messi 2021 yil Fransiya klubiga ötib, ikki mavsum davomida jamoa şarafini himoya qildi.
Avvalroq, Lionelga «Barselona» va Saudiya Arabistoni klubidan jiddiy taklif borligi haqida xabar qilingandi.












