1 iyun kuni JIB Çilonzor tumani sudida bölib ötgan oçiq sud majlisida 22 yoşli talabalar T. R. va K. K.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlar körib çiqildi.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilişiça, tuman sudi qarori bilan ayblanuvçilar — Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi. Şuningdek, talabalarning harakati MJtK 32-moddasi – ma’muriy javobgarlikni oğirlaştiruvçi holat, deb baholangan hamda ularning har biriga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

30 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent metrosida notaniş qizga şilqimlik qilayotgan yigitlarning videosi tarqaldi va jamoatçilikning keng muhokamalariga sabab bölgan edi.

31 may kuni Toşkent şahar IIBB tomonidan prank qilgan yigitlarning şaxsi aniqlanib, MJtKning tegişli moddalari bilan bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda sudga yuborilgan edi.