Murojaatçilarning aytişiça, 21 maydan boşlab “Tezkor şinam quriliş” xususiy korxonasi tomonidan şaharsozlik me’yorlariga zid ravişda poydevor qaziş işlari boşlangan. Quruvçi öz işini davom ettiriş uçun qölida barça kerakli hujjatlar borligini aytib, aholining xaqli e’tirozini e’tiborsiz qoldirgan.
Suriştiruv davomida mazkur köp qavatli uylarda asosan nogiron va kam ta’minlangan oilalar istiqomat qilişi ma’lum böldi.
Fuqarolardan biri Jahongir Sodiqov e’tirozlarga qaramay quruvçi “dom” poydevori tagini qazib taşlagani, aholini pisand qilmayotgani haqida kuyunib gapirdi.

“Quriliş boşlaganlar na qaror va na loyihani körsatişdi. Kattasidan kiçigigaça bizni pisand qilmaydi. Ustilaridan arz qilib tuman hokimligiga bordim. U yerdan Arxitektura boşqarmasiga jönatişdi. Arxitektura boşqarmasida esa holat örganib çiqilişini aytişdi. Lekin asl holat örganilmadi. Şu vaqt mobaynida yaşaş binomizning poydevori tagidan tuproq qazildi. Yomğir yoğsa yoki yer qimirlaş hodisasi kuzatilsa katta talafot bölmasligiga heç kim kafolat bermaydi. Janjaldan keyin qazib qöygan çuqurlikni şağal bilan atay kömib, holatni yaşirişga urinişdi.

Quruvçi taşkilot arz-dodimizga quloq solmay işini davom ettiryapti”, – deydi u.
Ahadjon Toşqöziyevning xonadoni devorlari qurilişi işlari boşlangandan keyin darz ketgan. Quruvçi esa holatni körib turib ham devor yorilganini tan olmagan.

“II guruh nogironiman. Yaşayotgan “dom” nogironlar uçun berilgan. Aholining tinçini buzgan quruvçilar iş boşlaşdan avval biror kimsadan sörab ötirmay yerni qazişga tuşişdi. Buning oqibatida uyimning fasad qismi, eng açinarlisi içki devorlari ham darz ketdi. Quruvçini uyimga olib kirib yorilgan joyni körsatsam, u uylar eskirganligini aytib, yorilgan joyni tan olmadi. Meni yolğonçiga çiqardi.



























