Twitter ijtimoiy tarmoğining bozor qiymati tadbirkor Ilon Mask uni sotib oliş uçun tölagan pulning uçdan bir qismini taşkil etadi. Bu haqda Fidelity investitsiya holdingi ma’lumotlariga tayanib Bloomberg xabar berdi. 

Mask ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olgan va uning bozor qiymatidan köproq pul tölaganini tan olgan edi. Yaqinda u kompaniyaning qiymati ikki baravar pasayganini tan oldi. 

Öz navbatida Fidelity ötgan yilning noyabr oyida Twitter aksiyalari qiymati 44 foizga pasayganini, söngra yana 2 marta pasayiş bölgani haqida xabar bergan edi. 

Twitter 13 milliard dollarlik umumiy qarz bilan Ilon Maskka sotildi. Uning qabul qilgan tuşunarsiz qarorlari ijtimoiy tarmoqning reklama daromadi 50 foizga qisqarişiga olib keldi. Vaziyatni töğrilaş uçun Mask har kimga autentifikatsiya qiliş va akkaunt nomi yonida kök belgini oliş imkonini beradigan Twitter Blue obunasini taklif qila boşladi. Hozirgaça faol foydalanuvçilarining 1 foizdan kamroği uni sotib olgan. 

Bloomberg Billionaires ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Ilon Mask kompaniyani sotib olayotganda Twitter aksiyalari paketining qiymati 25 mlrd dollar bölgan. Hozir uning qiymati 8,8 mlrd dollarni taşkil qiladi.