Senatorlar tomonidan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirişga qaratilgan özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.

Qonun aholi bandligini ta’minlaş va ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş, norasmiy bandlik uluşini qisqartiriş, şuningdek, özini özi band qilgan şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Qonun bilan Soliq kodeksi hamda “Tomorqa xöjaligi töğrisidagi” qonunga özgartişlar va qöşimçalar kiritilmoqda.

Amaldagi tartibga köra, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bölgan jismoniy şaxslar uçun har oylik ijtimoiy soliq summasi miqdori yuqori edi.

Endilikda, yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bölgan jismoniy şaxslar uçun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravarigaça kamaytiriladi.

Lekin savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oşirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bölgan jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan ijtimoiy soliq summasi oyiga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda tölanadi.

Şuningdek, amaldagi qonunçilikda şaxsiy tomorqa yer uçastkasida band bölgan yer uçastka egasi yoki uning oila a’zolariga mehnat staji hisoblab çiqarilmagan.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalarga köra, endilikda, şaxsiy tomorqa yer uçastkasida band bölgan yer uçastka egasi yoki uning oila a’zolariga mehnat staji hisoblab çiqariladi. Buning uçun ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 1 baravari miqdorida soliq tölab boriladi.

Qolaversa, “Tomorqa xöjaligi töğrisida”gi qonunning 11-moddasidan tomorqa yer uçastkasi maydoniga kamida 0,04 gektar bölişi kerakligi töğrisidagi talab çiqarib taşlanmoqda.

Bundan taşqari, kiritilayotgan özgartişga köra, çorvaçilik (qoramol, qöy, eçki, ot va boşqalar), issiqxona, parrandaçilik (bedana, kurka, ğoz, ördak), quyonçilik, asalariçilik, baliqçilik, boğdorçilik, limonçilik, gulçilik faoliyat turlari bilan şuğullanayotgan fuqarolarga ularga tegişli bölgan tomorqa yer uçastkasi maydoni yoki ular tomonidan parvariş qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni tölaşga ruxsat etilişi belgilanmoqda.