Vaşington, agar ular Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlasa, boşqa davlatlarning mojaroni tugatiş böyiça taşabbuslarini rağbatlantiradi.
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 2 iyun, juma kuni Helsinki meriyasi binosida Finlandiya xalqaro munosabatlar instituti mezbonlik qilgan tadbirda sözlagan nutqida, Qöşma Ştatlar Ukraina va boşqa ittifoqçilar bilan uruşni tugatiş uçun «adolatli va mustahkam tinçlik»ning asosiy elementlari atrofida konsensus yaratiş ustida işlayotganini ma’lum qildi.
Vaşington, şuningdek, BMT Nizomiga mos keladigan va Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlasa, boşqa davlatlarning mojaroga barham beriş taşabbuslarini rağbatlantiradi, dedi u öz nutqida.
«Agar ular adolatli va mustahkam tinçlikka yöl topişga yordam bersa, Braziliya, Xitoy yoki boşqa davlatlarning sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz», - deya qöşimça qildi Blinken. «Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş strategik muvaffaqiyatsizlik böldi», deb ta’kidladi davlat kotibi.
Vaşington Ukrainani harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşda davom etadi, çunki samarali diplomatiya uçun zaruriy şart Kiyevning kelajakdagi har qanday tajovuzdan himoyalaniş qobiliyatidir. Blinken AQŞ «kelajakdagi Ukraina armiyasi»ni qurişda yordam berişini aytdi. Bu zamonaviy havo kuçlari, havo va raketadan mudofaa kompleksini yaratiş, öq-dorilar işlab çiqariş salohiyati, zamonaviy zirhli texnikalar bilan ta’minlaş, kuç va vositalarni jangovar şay holatda saqlaş uçun şaroit yaratiş demakdir.

















