Aprel oyida, banklarning kapitallaşuv darajasini oşiriş va resurs bazasini köpaytiriş maqsadida, “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunga özgartiş kiritilgandi.
Unga köra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
- 2023 yil 1 sentabrgaça 100 milliard sömni;
- 2023 yil 1 sentabrdan 200 milliard sömni;
- 2024 yil 1 apreldan 350 milliard sömni;
- 2025 yil 1 yanvardan 500 milliard sömni taşkil etadi.
Iqtisodçi Otabek Bakirov qator banklar hozirda bu talablarga javob bermasligiga e’tibor qaratdi.
“1 may holatiga kamida 8ta bank yana uç oydan keyin kuçga kiradigan talablarga javob bermaydi. Şulardan Poytaxtbank, Ravnaq bank, Madad invest bank va Özagroeksportbank keça taşkil bölgan emas, eski banklar”, – deya yozdi u.
Holatga Markaziy bank munosabat bildirdi. Qayd etilişiça, ustav kapitali miqdori belgilangan minimal talablarga javob bermaydigan banklarning litsenziyasi çaqirib olinadi.
“Markaziy bank qonun loyihasi işlab çiqilayotgan vaqtda, tijorat banklariga ustav kapitalini belgilangan miqdorga yetkaziş böyiça aniq çoralarni belgilaş va uning ijrosini ta’minlaş yuzasidan tegişli körsatmalar bergan.
Ustav kapitali miqdori belgilangan minimal talablarga javob bermaydigan banklarga nisbatan qonun hujjatlariga asosan boşqa banklarga qöşiliş tavsiya etiladi, aks holda ulardan bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyasi çaqirib olinadi”, deyiladi MB axborotida.

















