Britaniyalik va amerikalik bir guruh olimlar qon tahlili yordamida saraton taşxisi usulini sinaş yaxşi natija berganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC yozdi.
Tadqiqot 2020 yil bahorida boşlangan. 2021 yilda AQŞ va Britaniyada ommaviy tahlillar ötkazilgan. Olimlarning ta’kidlaşiça, Angliya va Uelsda tahlil olingan 5 ming kişi orasida har 3 ta diagnozdan 2 tasi töğri çiqqan.
Olimlar oddiy qon tekşiruvi yordamida saratonning 50 dan ortiq turli belgilarini erta bosqiçda aniqlaşga umid qilişmoqda.
«Galereya» deb nomlangan sinov mexanizmi DNK genetik kodida yuz beradigan va ösimtadan qonga ötadigan kimyoviy özgarişlar belgilarini izlaydi.
Olimlar metodologiya böyiça işlar hali yakunlanmaganini, biroq testning birinçi bosqiçidan söng, kasallik aniqlangan bemorlar soni oşganini ma’lum qilişdi.
Test, ayniqsa, juda qiyin aniqlanadigan boş va böyin, yöğon içak, öpka, oşqozon osti bezi va tomoq saratoniga erta taşxis qöyişda samarali.
Britaniyaning NHS soğliqni saqlaş tizimi 2024-2025 yillarda uşbu usulni yana million kişida sinab körişni rejalaştirgan.
«Saratonni erta aniqlaş juda muhim. Uşbu test saratonni erta aniqlaşga va minglab odamlarning hayotini saqlab qolişga yordam beradi», dedi NHS onkologiyasi rahbari, professor Piter Jonson.













