Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning hisoblaşiça, Rossiya 2014 yilda anneksiya qilib olgan Qrimni şu yilning özidayoq qaytarib oliş uçun Ukrainada imkoniyatlar yetarli. Bu haqda u The Washington Post naşriga bergan intervyusida aytib ötgan. 

«Jang maydonida guvoh bölganimizdek — agar siz Rossiya qöşinlariga kutilmagan joyda zarba bersangiz, ular amalda halokatga uçraydi. Siz ön minglab yoş yigitlarni ölimga yuborişingiz mumkin, ular çindan ham ölişadi, ammo siz tank va qurol tizimlarini sehrlay olmaysiz», — degan Uolles. 

Vazirning fikriça, rossiyaliklarning yöqotişlari kölami şundan guvohlik beradiki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamon agar Ukrainaga yanada köproq qöşin yuborsa, ğalaba qozonişi mumkinligiga işonmoqda. 

Uolles Putin bölayotgan voqealar töğrisida aniq ma’lumot olmayotgan va öz mamlakatining harbiy muammolari kölamini anglamayotgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan. U Ğarb davlatlari Rossiyada «halokat va parçalaniş» röy berişiga tayyor turişi lozimligini ta’kidlagan.

Britaniya vaziri Ukrainaning NATOga kirişi ehtimolini ham baholagan. U bu masalada hali ham zid qaraşlar saqlanib qolayotganini qayd etgan.

«Biz realist bölişimiz va Vilnyusda [NATO mamlakatlarining 2023 yilgi sammitida] bu sodir bölmasligi, buni yaqin vaqtlar içida kutiş kerak emasligini aytişimiz kerak», — degan Uolles.

  • Ukraina hukumati bir neça bor Rossiya bilan uruş rus qöşinlari bosib olingan barça hududlardan çiqib ketib, Ukrainaning xalqaro tan olingan çegaralari tiklanganida, jumladan, Qrim ham qaytarilganidan keyingina töxtaşi mumkinligini bildirgan.
  • 2023 yil aprelida Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Ondriy Sibiga Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumida Qrim çegaralariga qadar yetib borilsa, Kiyev yarimorolning qaytarilişi şartlari böyiça Moskva bilan muzokaralar olib borişga tayyorligini aytgandi.