Asar bir öqişda oddiy bir hukmdor hayotida sodir bölib ötgan fojiaviy tasvirdan özga emasdek tuyuladi. Ammo unga yaqinroqdan nazar taşlasak, rostdan ham şundaymikin? Har bir inson tabiat gultoji-yu, har bir şaxs individual olam ekani tan olinayotgan ayni XXI asrda yuqori tabaqa vakili haqidagi asarning özbek yozuvçisi tomonidan qayta yozilişida qanday hikmat yaşiringan?
Darhaqiqat, endi insonlar öz haq-huquqini anglay boşladi, har bir inson öziga hukmdor, har bir inson yangi Iskandar! Asar boşida Iskandarning sifatlari jamiki oq böyoqlarda körsatiladi, xuddi inson ilk dunyoga kelgani kabi. Uning ustozi tomonidan aytilgan – “Yer yuzini zabt etiş hali dunyoni egallaş emas” sözlari asar davomida turli jihatlar bilan isbot etib borilaveradi.
Asardagi xarakterli obrazlarga töxtalsak: Iskandar, Qora Klit, Doro hamda fors xalqi. Qora Klit – Iskandar bilan hamfikr, qalban yaqin obraz, bu haqida asar avvalida bot-bot keltiriladi. Iskandarning oçiqköngilligidan tölqinlangan Klit ham öz mol-davlatini xalqqa tarqatib beradi. Şu örinda asarni kontekstual tahlil yordamida muşohada etsak: “Qora Klit: – Sening umidlaringga men ham şerikman, – dedi.” Nega özining yangi umidlariga emas, Iskandarning umidlariga şerik böldi u? Ha, Qora Klit Iskandarning umidlari ramzi edi!
Duşman har tomonlama ustunligini körib, bilib turgan bölsa-da, uni muqarrar halokatdan saqlab qolgan umidi edi. Qalbi kirlanib, faqat özligini öylaydigan bölib qolganda uni tark etgan haqiqatgöy umidi edi. Nega umid uni tark etdi? Nega Iskandar hamma narsasini xalqqa ulaşganda özida olib qolgan yagona xazinasini aynan özi yöq qildi? Şu örinda yozuvçi aytmoqçi bölgan fikr yanada oydinlaşib boradi. Bundan neça yuz yillar muqaddam ham insonni töğri yöldan ozdirgan, bugungi zamon kişisi uçun ham öz dolzarbligini saqlab qolayotgan illatlar sabab edi bunga!
Frans Kafkaning bir gapi bor: “Şunday insonlar borki, öldirişing mumkin, yenga olmaysan!” Illo, şunday illatlar borki, qölingda tutişing mumkin, böysundira olmaysan! Iskandarning ustozi tomonidan aytilgan “Yer yuzini zabt etiş hali dunyoni egallaş emas” gaplari Doro va fors xalqi obrazida öz aksini topadi. Butun insoniyatdagi illatlar ramzini taşuvçi Doro obrazi Iskandar tomonidan mağlub etildi. Ammo “…dunyoni tasavvurimda jonlantirmoqdan köra ilkimda tutmoqlikni afzal köraman” deguvçi Iskandar obrazimiz öşa illatlarni qölda tutdi-yu, böysundira oldimi?
Doro öldirildi-yu uning barça xususiyatlarini öziga meros qilib olgan yangi Doro paydo bölmadimi? Fors xalqi – ayni öşa illatlar manbai emasmidi?! Şunday gap bor edi: “Maddohlar diktator yaratib qöyişlari mumkin”. Töğri, bir odamning yaxşi xislatlarini ta’kidlaş uni yaxşi tarafga yetaklaydi. Lekin hadeb maqtayversangiz, u odamda, “demak, men xato qilmas ekanman”, degan fikr paydo böladi. Ana şunday hukmdor boşqaradigan davlatda, kibr-u havoga berilgan ong hukmron bölgan inson atalmiş saltanatda bora-bora rost bilan yolğonning, soflik bilan razolatning, adolat bilan adolatsizlikning farqiga borib bölmay qoladi. Bunday saltanatda esa umid atalmiş tiriklik poydevori, poklik ramzi Qora Klit yaşay olmaydi. Özligini yöqotgan, madaniyatini toptagan, öz umidiga nayza sançgan şaxslar zohiran şohligiça qolişi mumkindir-u, botinan “içkari xobxonadan ojizona ingraydi”gan gadodan özga emas!












