Test sinovlari yopiq binolarda ötkazilişi munosabati bilan test vaqti ham özgaradi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.  
 
Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda ötkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gaça, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gaça ötkazilgan. Çunki boşqa paytda kun juda issiq bölgan. 
 
3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda ötkazilayotganligi sababli, endi bunaqa vaqtli va keç imtihon ötkazişga ehtiyoj yöq. 

Şu sababli, xuddi 2018–2019 yillarda bölgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boşlanişi rejalaştirilgan. 

Özbekistonda 2023/2024 öquv yili uçun test sinovlari ötkaziladigan 92 ta yopiq inşoot tanlab olingan.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi ötkaziladigan binolar röyxati tasdiqlandi. 

Unga köra 2023-2024 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qiliş böyiça test sinovlari katta siğimli binolarda ötkaziladi.