Advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi röyxatdan ötkazilgan joy böyiça hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi.

Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan söng advokatlik guvohnomasini oliş uçun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron şaklda adliya organiga yuboradi.

Advokatlik guvohnomasini beriş uçun tölov undirilmaydi. Ariza yuborilgandan söng 2 iş kunida advokatlik guvohnomasi beriladi. Advokatlik guvohnomasi tayyor bölişi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.

Talabgorga advokatlik guvohnomasini beriş quyidagi hollarda rad etiladi: talabgor advokatlik tuzilmasini taşkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bölsa; talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bölsa.

Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlaş imkoni bölmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik ştrixli kod) tasviri yaroqsiz holatga kelişining oldini oliş imkonini beradigan texnologiyada tayyorlanişi ta’minlanadi.

Advokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylaştiriladi:

  • advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi özgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylaştirilgandan söng;
  • advokat boşqa adliya organi joylaşgan hududda röyxatdan ötgan advokatlik tuzilmasiga kirganda;
  • advokatlik guvohnomasining amal qiliş muddati tugaganda;
  • advokatlik guvohnomasi yöqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.