Xerson oblastining rossiyaliklar tomonidan anneksiya qilingan qismida joylashgan Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘ldi. 6 iyun tongida ijtimoiy tarmoqlarda gidroelektr stansiyaning yuqori dambasining vayron bo‘lgan qismidan katta miqdorda suv oqib chiqayotgani aks etgan video tarqala boshladi. Ukraina harbiylari, Xerson oblasti rasmiylari va Ukraina rahbariyati Rossiyani GESni portlatishda aybladi.

Nova Kaxovkaning Rossiya tomonidan tayinlangan «meri» Vladimir Leontev avvaliga portlash to‘g‘risidagi ma’lumotni rad etdi. «Bu safsata! Barchasi normal holatda, hammayoqda barchasi normal, men hozirgina ratsiya orqali gaplashdim. Shaharda hammayoq tinch va osoyishta», — dedi Leontev.

Keyinroq uning «ma’muriyati» tunda Ukraina tomonidan yo‘llangan zarbalar oqibatida stansiyaning yuqori qismi vayron bo‘lgani, shu bilan birga to‘g‘onning o‘zi butun turgani haqida xabar berdi. Leontev esa Kiyevni «terrorizm»da aybladi. TASS ma’lumotlariga ko‘ra, Kaxovka GESda 28 ta prolyotdan (ikki ustun yoki tiragichlar oralig‘i) 11 tasi vayron bo‘lgan. Nova Kaxovka «meri» GESni ta’mirlab bo‘lmasligi va stansiyani qaytadan qurishga to‘g‘ri kelishini aytgan. «Ukrgidroenergo»da ham stansiya tiklab bo‘lmas darajada vayron bo‘lganini ma’lum qilgan.

Kaxovka suv omboridan Dniproning quyi oqimiga katta miqdorda suv nazoratsiz quyilmoqda. Leontevning so‘zlariga ko‘ra, Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lgach, quyi oqimda suv sathi 2,5 metrga ko‘tarilgan. Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin (oblastning qonuniy rahbari) suv besh soat o‘tib kritik darajaga yetishini (mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida) qayd etdi. Xerson oblastining Rossiya ta’siridagi «ma’muriyati» Dniproning sohil bo‘yidagi hududlarda vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi. «Yagona tahdid shundaki, biz endi Qrimga suv yetkazib berishda muammolarga duch kelamiz», — degan Leontev. Keyinroq, RBK nashriga bergan izohida u Shimoliy Qrim kanali suvsiz qolmasligini aytib, «qrimliklarni xavotirlanmaslik»ka chaqirdi.

Dnipropetrovsk oblastining Krivoy Rog shahrida aholi va sanoat uchun suv iste’moli cheklangan. «Sanoat korxonalariga suv sarfini cheklayapmiz, kechasi esa soat 22:00 dan 5:00 gacha aholi uchun quvurlardagi bosimni pasaytiramiz. Suv faqat sirkulyatsiya bo‘yicha ishlaydi va ko‘pi bilan 1-2 qavatlar uchun yetadi. Ammo bu faqat tungi vaqt uchun, kunduzi suv beramiz», — degan shahar meri Oleksandr Vilkul. Uning so‘zlariga ko‘ra, Krivoy Rogga suvning 70 foizi Kaxovka suv omboridan keladi. Ukrain telegram-kanallarida shahar aholisi do‘konlarda ichimlik suvlarini yoppasiga sotib olayotgani aks etgan fotosuratlarni