Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat taşrifi bilan Özbekistonga keldi.
Qatar amirini Samarqand aeroportida Özbekiston prezidenti kutib oldi.
Mehmon şarafiga ikki davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari şohsupaga kötarildi. Milliy qöşiq va raqslardan iborat tantanali marosim böldi.






Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalaştirilgan. Bugun ikki mamlakat yetakçilari Samarqandning tarixiy obidalariga birgalikda taşrif buyuradi.
Qayd etiş kerak, Qatar amirining Özbekistonga kelişi ikki mamlakat örtasidagi diplomatik aloqalar tarixida ilk marta röy bermoqda.
Biroz vaqt oldin Qatar Özbekistonda elçixona oçgandi. Şuningdek, Özbekiston Qatar fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etişi ma’lum bölgandi.












