GPS işidagi nosozlik Boltiqböyi mamlakatlari va Finlandiyaga uçayotgan samolyotlar uçuvçilariga xalaqit berişi sababli navigatsiyaning muqobil usullaridan foydalanişga töğri kelyapti. Estoniya rasmiylarining xatida aytilişiça, bu yerusti harakatiga hozirça ta’sir qilmagan. Estoniya rasmiylari fikriça, GPS signallari tösilişi - Rossiyaning öz hududidagi strategik obektlarni himoya qilişga urinişi.

Finlandiya havo transporti boşqarmasi fin uçuvçilari muqobil navigatsiya tizimlaridan foydalanayotgani va tijorat reyslari jadvalga muvofiq amalga oşirilayotganini tasdiqladi. 

3 mayga ötar keçasi Kreml hududida ikkita dron portladi. Rossiya hukumati Ukrainani davlat rahbari qarorgohiga hujum qilişga uringanlikda aybladi. Şundan söng Moskvadan GPS işidagi nosozliklar haqida xabarlar kela boşladi. Xususan, taksini rivojlantiriş böyiça jamoat kengaşi matbuot xizmati The Insider naşriga ma’lum qilişiça, taksi haydovçilari bunday nosozliklar böyiça şikoyat qilişgan.