Poytaxtning Yunusobod tumani Şayx Şibliy mahallasi aholisining tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatida 70 yil davomida yuqumli kasalliklarga qarşi vaksina va zardoblar işlab çiqarilgan ilmiy-tadqiqot instituti örnida köp qavatli turar joy majmuasi qurilişi boşlangani, bu hududda emdorilar sinab körilgan hayvonlarning jasadi kömilgani, ayrim infeksiya qözğatuvçi sporalar ölmasligi va 100 yilgaça saqlanib qolişi, şu sababdan ham hududni kovlaş mumkin emasligi aytilgandi.

Ta’kidlaş kerakki, mazkur masala jamoatçilik örtasida rezonansga sabab böldi. Şundan söng mutaxassis-ekspertlardan iborat işçi guruh tuzilib, ular tomonidan Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining hududi örganilgan. Örganiş davomida Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hududidan öta xavfli yuqumli infeksiyalar qözğatuvçilari mavjudligi yoki yöqligini aniqlaş maqsadida laboratoriya tekşiruvi ötkaziş uçun namunalar olingan.
Uşbu jarayonda FVV Tibbiy-biologik muhofaza bölimi boşliği Abdusamiğ Almatov, Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi bölim boşliği Dilfuza Ahmedova, Toşkent şahar SSB Öta xavfli infeksiyalar bölimi mudiri Albina Musayeva, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi boşliği örinbosari Botirjon Qurbonov, Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Nazira Bahromova iştirok etgani aytilmoqda.
“Kuydirgiga çalingan tirik yoki ölik hayvon heç qaçon Bekkeri örasiga taşlanmaydi. Veterinariya-sanitariya qoidalari böyiça öraga taşlaşdan oldin albatta ular kuydiriladi.
Öta xavfli yuqumli infeksiyalar qözğatuvçilarining mavjudligi yoki yöqligini aniqlaş uçun namuna oliş tartibi bor bizda. Qölimizda kuydirgi öçoqlarining xaritasi bor. Matçonov davrida maxsus karta qilingan. Vaksina va emdorilar sinovdan ötkazilgan hayvonlar qabristonlarining ham xaritasi bor, “Bekkeri öra”larining ham xaritalari bor.
Örganganimizda bu yerda kuydirgi öçoqlari borligi haqida ma’lumot yöqligi ma’lum böldi. Xaritalarda qayd etilmagan. Bunday vaziyatda zarurat bölganda tuproqdan namuna olinadi. Har yigirma beş santimetrdan namuna olinib, tekşirib köriladi”, degan işçi-guruh a’zolaridan biri aholi bilan uçraşuv çoğida.












