Sovchilar.uz va Oila nomli Telegram-kanallarni yuritib kelgan 26 yaşar yigit turmuşga çiqiş niyatida bölgan qizlarni aldab kelgan. Jumladan, 4 nafar qizga uylanmoqçi ekanini aytib, ularni bunga işontirgan.

Özini Toşkent moliya instituti bitiruvçisi, ayni paytda şaxsiy biznesini boşlagan tadbirkor sifatida taniştirgan yigit qizlarning işonçiga kiriş orqali ularning nomiga banklardan jami 165 mln söm miqdorida kredit olişga erişadi.

Jinoyat jabrlanuvçilardan birining huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga yöllagan arizasidan söng foş böladi.

“Telegramʼdagi Oila, Sovchilar.uz kanallariga öxşaş köp kanallar bor. Şu yerda kelinlikka va kuyovlikka nomzodlarning ma’lumotlari e’lon qilinadi. Sudlanuvçi özi haqida e’lon bergan, özini kuyovlikka nomzod sifatida taqdim etgan. Telefonda gaplaşib, körişib olaylik deb aytdi. Men ham farzandimga ota böla oladigan turmuş örtoq qidirayotgandim. U uylaniş niyati jiddiy ekani, mahrga maşina, uy berişini aytdi. Buning uçun işlaydigan ayol bölişi kerak, dedi.

Ertasi kuni bankka borib, sening nomingga kredit olamiz, pulni aylantirib uç kunning içida qaytarib beraman, deb işontirdi. Nomimga 18 mln söm miqdorida kredit rasmiylaştirilgan. Muddat ötib ketdi, pulni ertaga qaytaraman, indinga qaytaraman deb yurib birdan yöqolib qoldi. Şundan söng “102”ga qönğiroq qilib, holat yuzasidan ariza berişga majbur böldim. Tergov davomida u mendan boşqa yana uç nafar qizni aldagani ma’lum böldi”, deydi jabrlanuvçilardan biri.

Sudda firibgar hali oila qurmagani, Telegram-kanallarni pul işlaş uçun oçganini ta’kidlagan.

“Telegram-kanallarimda e’lon qilinadigan har bitta anketa uçun alohida tölov belgilangandi. Uylanaman deb heç kimga va’da bermaganman. Boşidan aytilgan, yuz dollar evaziga ularning nomiga kredit olganman. Har bittasiga pasportim, “prava”larim körsatilgan. Pul oldi-berdilarini töliq tan olaman. Jabrlanuvçilardan birini urganimni va sökkanlarimni ham tan olaman”, deya jurnalistlarga intervyu bergan sudlanuvçi.

Jinoyat işlari böyiça Bektemir tumani sudi tomonidan 26 yaşar yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bundan taşqari, sud hukmida sudlanuvçi jabrlanuvçilarga yetkazgan zararni töliq qoplab berişi ham közda tutilgan.