Yevrozona iqtisodiyoti 2023 yilning birinçi çoragida 0,1 foizga qisqardi. Bu haqda Bloomberg Yevrostatning yangilangan ma’lumotlariga tayanib yozmoqda. Yevropa iqtisodiyoti ketma-ket ikkinçi çorakda pasaydi - ötgan yilning törtinçi çoragida pasayiş 0,1 foizni taşkil etgandi. Agentlik qayd etişiça, bu Yevropada koronavirus pandemiyasidan keyingi birinçi yarim yillik retsessiya hisoblanadi.
Bu Rossiyaning Ukrainadagi «harbiy maxsus operatsiyasi» va Ğarb davlatlari tomonidan Rossiyaga qöyilgan çeklovlar tufayli qişda energiya narxining kuçli ösişi fonida sodir böldi. Retsessiya Yevropa Ittifoqi siyosatçilari va Yevropa Markaziy banki (YeMB) rasmiylariga zarba böldi, ular inflatsiya yevrozona tarixidagi eng yuqori darajaga kötarilgan taqdirda ham retsessiyaning oldini oliş mumkinligini bir neça bor ta’kidlagan, deb yozadi Bloomberg.
Yevrostat ma’lumotlariga köra, birinçi çorakda yevrohudud yalpi içki mahsulotining pasayişi davlat xarajatlari va uy xöjaliklari xarajatlari qisqarişi bilan boğliq. Zaxiralarning kamayişi ham salbiy ta’sir körsatdi, savdoning tiklanişi esa Yevropa iqtisodiyotini qöllab-quvvatladi, deya ta’kidlaydi agentlik.
Yevrozonaning 20 ta davlatidan retsessiya yettitasiga ta’sir körsatdi. Joriy yilning birinçi çoragida yalpi içki mahsuloti 2021 yil oxiridan beri ösmagan Germaniya, Litva, Malta, Niderlandiya, Gretsiya, Irlandiya va Estoniya iqtisodlari pasaydi.

















