Yevropa komissiyasi (YeK) 2023 va 2024 yillarda yevrohudud iqtisodiyoti ösiş bahosini yuqori turmuş narxi, zaif taşqi talab va pul-kredit siyosatining keskinlaşuvi şaroitida pasaytirdi. Yevropa Ittifoqining 15 noyabr, çorşanba kuni e’lon qilingan kuzgi prognozida ta’kidlanganidek, yevrohududning 20 ta davlati yalpi içki mahsuloti bu yil yozda kutilganidek 0,8 foizga emas, 0,6 foizga ösadi. 2024 yilda yevrohudud yalpi içki mahsulotining ösişi, yangi hisob-kitoblarga köra, ilgari kutilgan 1,3 foiz örniga 1,2 foizni taşkil etadi. 

Joriy yil uçun Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati uçun iqtisodiy ösiş prognozi ham yomonlaşdi - 0,8 foizdan 0,6 foizga, keyingi yil uçun - 1,4 foizdan 1,3 foizga. 

2025 yilda Yevrokomissiya yevrohudud iqtisodiyoti 1,6 foizga, Yevropa Ittifoqi 1,7 foizga ösişini kutmoqda. 

Germaniya iqtisodiyoti 2024 yilda ösişni tiklaydi 

YeK prognoziga köra, Germaniya iqtisodiyoti 2023 yilda 0,3 foizga qisqaradi va kelgusi yilda 0,8 foizga ösadi. Ilgari birinçi körsatkiç 0,4 foizga pasayişi, ikkinçisi esa 1,1 foizga oşişi kutilgan edi. 2025 yilda Germaniya yalpi içki mahsuloti 1,2 foizga ösişi prognoz qilinmoqda. 

«Bu yil Rossiyaning Ukrainadagi uruşi, zaif global talab va yuqori iste’mol narxlari ta’siridan jabr körgan Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uçun oğir yil böldi, - dedi YeK rahbarining birinçi örinbosari Valdis Dombrovskis. - Bu yil juda zaif ösişdan söng, 2024 yilda mö’tadil tiklanişni kutiş mumkin, bunga kuçli mehnat bozori va inflatsiyaning doimiy pasayişi turtki beradi. Biroq, biz Yaqin Şarqdagi mojaro bilan yanada kuçaygan juda noaniq geosiyosiy landşaftga duç kelişda davom etamiz».

Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, inflatsiya «pasayiş tendensiyasini körsatişda davom etmoqda». Joriy yil uçun yevrohududda inflatsiya prognozi 5,6 foiz darajasida qoldirildi va keyingi yil uçun u 2,9 foizdan 3,2 foizgaça kötarildi. 2025 yilda inflatsiya 2,2 foizga tuşişi kutilmoqda. Yevropa Ittifoqida, YeK prognoziga köra, 2023 yilda inflatsiya 6,5 foiz, 2024 yilda - 3,5 foiz, 2025 yilda - 2,4 foiz böladi.