Kremlga yaqin iqtisodçilarning fikriça, joriy yil oxirigaça Rossiya iqtisodiyoti retsessiyaga tuşib qolişi mumkin. Bu haqda 20 mart, juma kuni “Izvestiya” gazetasi Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin bölgan Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlaş markazi (MTQPM) hisobotiga tayanib yozdi.

MTQPM iqtisodiyotning retsessiyaga kirayotganini körsatuvçi yiğma yetaklovçi indikatorni (YYeI) işlab çiqqan. Markaz bahosiga köra, ötgan yil dekabrida uning qiymati 0,49 ga yetgan va şu bilan kritik çegara — 0,18 dan qariyb uç baravar oşib ketgan. “Izvestiya” yozişiça, hujjatdan yana şu narsa kelib çiqadiki, Rossiyadagi retsessiya uzoq davom etadigan tus olişi va bir yildan ortiqqa çözilişi mumkin.

Naşr suhbatlaşgan mutaxassislar fikriça, Rossiya iqtisodiyoti ösişini yuqori asosiy stavka, yanada ehtiyotkor budjet siyosati, kadrlar tanqisligi, şuningdek investitsiyalardagi tanaffus sekinlaştirmoqda. Moliyaçi Aleksey Rodin “Izvestiya”ga tuşuntirişiça, neft narxlari keskin tuşib ketsa yoki Ukrainadagi uruş sabab Rossiyaga qarşi yangi keng kölamli sanksiyalar joriy etilsa, retsessiya ehtimoli yanada ortadi.

Moliya bozorlari böyiça yana bir mutaxassis — “AMarkets”dan Igor Rastorguyev AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi sabab neft narxlari ösib turgan şaroitda ham retsessiya ehtimoliy ssenariy bölib qolişini qayd etdi. Xususan, inflatsiyaning yangi tölqini Rossiya Markaziy bankini asosiy stavkani pasaytirişni töxtatib turişga majbur qilişi mumkin, holbuki aynan şu pasaytiriş salbiy ssenariyning oldini olişi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, hozirgi paytda Rossiya iqtisodiyoti faqat davlat buyurtmalari va harbiy-sanoat majmuasi kompaniyalari hisobigagina ösişi mumkin.