Dard ustiga çipqon. Qöştepa kanalining qurilişi Özbekiston uçun falokatmi?
|00:17 / 09.06.202372 4248 min
Markaziy Osiyoning barça respublikalarida suv tanqisligi tobora kuçayib borayotgan bir paytda, “Tolibon” tomonidan qurilayotgan Qöştepa kanali vaziyatni yanada keskinlaştirişi mumkin. Kanal qurib bitkazilsa, Amudaryo suvining 20 foizdan 30 foizgaça qismi Afğonistonning şimoliy hududlariga yönaltiriladi.
“Tolibon” hukumati 2022 yil mart oyidan boşlab Balx viloyatida ulkan Qöştepa kanalini qurişni boşladi.
Yangi kanalning uzunligi 285 km (şundan 100 kmdan ortiq qismi allaqaçon qazib bölingan), eni 100 metr, çuqurligi 8,5 metr bölişi közda tutilgan bölib, loyiha qiymati taxminan 684 million dollarni taşkil etadi. Kanal davlat mablağlari hisobiga qurilayotgani aytiladi. Loyihani töliq yakunlaş 2028 yilga möljallangan. Quriliş işlariga 6 mingga yaqin işçi jalb etilgan.
Foto: The Third Pole
Qayd etilişiça, kanal qurilişidan maqsad – Balx, Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi 3 million jyerib (1 jyerib – 2000 kvadrat metr) yerni suğoriş va 250 mingga yaqin aholini iş bilan ta’minlaş hisoblanadi.
Germaniyada istiqomat qiluvçi afğon muhandisi Najibulloh Sadid “Tolibon”ning murakkab muhandislik işlarini, xususan, suv ötkazgiçlar va köpriklar qurişni boşqara olişiga şubha bilan qaragan va kanalning tuproq özanli ekanidan xavotirdaligini ta’kidlagan.
“Bunday holda, uning köp suvi mintaqaning quruq, qumli tuproğida yöqolib ketadi. Bundan taşqari, ariq qaziş kanal qurişning eng oson qismidir. Ular şoşyapti”, degan u.
Amudaryo suvidan foydalaniş böyiça aniq huquqiy mexanizm bormi?
Ayni paytda yuzaga kelayotgan murakkablikning asosiy sababi – Amudaryo suvidan foydalaniş va uni taqsimlaş böyiça Markaziy Osiyo davlatlari va Afğoniston örtasida imzolangan umumiy kelişuvlarning yöqligi bilan boğliq.
1946 yilda Kobulda sovet ittifoqi va afğon hukumati örtasida Amudaryo böyiça muzokaralar
va kelişuvga erişiladi. Ammo Amudaryo suvini taqsimlaş masalasi töğridan töğri körib çiqilmagan va keyinçalik ötkazilgan muzokaralarda ham bu jihatga e’tibor qaratilmagan.
Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi suv munosabatlari 1992 yilda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston tomonidan imzolangan Olmaota kelişuvi bilan tartibga solinadi. Suv resurslarini boşqarişda Davlatlararo muvofiqlaştiruvçi komissiya asosiy rol öynaydi; komissiya suv ta’minotining uzoq muddatli dasturini işlab çiqadi va tasdiqlaydi.
Şuningdek, mintaqada suvdan foydalaniş BMTning 1992 yildagi Transçegaraviy suv oqimlari va xalqaro köllarni muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisidagi konvensiyasi bilan ham nazorat qilinadi. Özbekiston, Turkmaniston va Qozoğiston mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilgan.
Afğoniston esa Markaziy Osiyodagi suv resurslaridan foydalaniş böyiça yuqorida qayd etilgan şartnomalarning heç biriga qöşilmagan. Bu yerdagi eng nozik jihat şundaki, Afğonistonning Amudaryodan foydalaniş huquqini heç kim inkor eta olmaydi, lekin global va mintaqaviy kelişuvlarda iştirok etmasligi afğonlarga suvdan foydalanişda heç qanday huquq va majburiyat yuklamaydi. Bu esa ikki tomonlama munosabatlarda keskinlikni keltirib çiqarişi mumkin.
Şuningdek, “Tolibon” tan olinmagan hukumat bölgani bois, uni Markaziy Osiyo davlatlarining suv xöjaligini muvofiqlaştiriş böyiça davlatlararo komissiyasiga qabul qiliş va muzokara olib boriş imkonsiz.
Markaziy Osiyoga geosiyosiy va geoiqtisodiy ta’siri
Markaziy Osiyo suv xavfsizligi energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy boğliq bölgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir. Bu yerda suv resurslari strategik ahamiyat kasb etadi. Xususan, mintaqadagi dastlabki yirik şaharlar: Samarqand va Buxoro Zarafşon daryosi böyida, Urganç va Xiva Amudaryo böyida barpo bölgani ham bejiz emas.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, agar Qöştepa kanali loyihasi Afğoniston hukumati tomonidan yakunlanib, foydalanişga topşirilsa, Özbekistonga keladigan suv hajmi 15 foiz atrofida kamayişi bilan boğliq xavf mavjud. Bu esa Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, şuningdek Turkmaniston uçun jiddiy oqibatlar yaratadi.
Amudaryodan suvning burilişi Özbekistonning şimoliy hududlaridagi mavjud yomon holatni yanada oğirlaştirişi mumkin.
Orol dengizida suv sathi kamayişi natijasida Orolböyi hududlarida yaşovçi aholining turmuş şaroiti pasayişi bilan bir qatorda, ularning soğliğida turli muammolar paydo böla boşladi. Mahalliy iqtisodiyot tanazzulga uçradi (baliq ovi, qisqa muddatli turizm kabi sohalar) va yaşaş imkoniyatlari qiyinlaşdi. Buning oqibatida aholi migratsiyasi köpaydi. Amudaryodagi suv oqimining qisqarişi bu muammolarni yanada kuçaytiradi.
Foto: Jahon banki
Qöştepa kanalining qurilişi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirişi mumkin:
Birinçidan, Afğoniston şimolida ekin ekiş uçun foydalanilmoqçi bölgan yerlardagi tuzlar doimiy ravişda yuvilişi kerak. Şörlar yuvilgan drenaj suvi boradigan yagona joy – Amudaryodir. Bu esa Amudaryoning örta oqimida va ayniqsa, uning quyi oqimida allaqaçon qiyin, ba’zi joylarda halokatli holatga kelgan ekologik vaziyatni yanada murakkablaştiradi. Suv tanqisligi va tuz miqdorining ortişi kanalning quyi oqimida dehqonçilik qilişni yanada qiyinlaştiradi. Ya’ni Qöştepa kanali tufayli şörlaniş darajasi ortişi mumkin.
Ikkinçidan, Qöştepa kanali qurilayotgan Şimoliy Afğoniston “Tolibon”ning töliq hokimiyati örnatilmagan, beqaror hudud hisoblanadi. Xususan, sönggi bir neça oy içida IŞID-Xuroson terrorçilik taşkiloti tomonidan Balx viloyatiga bir neça hujumlar uyuştirildi va hattoki, viloyat gubernatori ham öldirildi. Bundan taşqari, Hilmand daryosidan foydalaniş böyiça Eron va “Tolibon” hukumati örtasida nizoning yuzaga kelişi va qurolli töqnaşuvga aylanib ketişi Afğonistonga qöşni boşqa davlatlar uçun ham yomon signal bölişi mumkin.
Uçinçidan, suv hajmi özgargandan keyin hududlardagi suv inşootlarini özgartiriş yoki qayta quriş kerak bölişi mumkin, bu esa qöşimça xarajatlarni talab qiladi.
Diplomatik yeçim bormi?
Afğoniston va Amudaryo havzasidagi boşqa davlatlar örtasida özaro muloqot bölmasa, yuzaga kelgan holat “Tolibon”ni yanada yakkalab qöyişi va mintaqaviy xavfsizlik muammosini kuçaytirişi mumkin. Şu nuqtayi nazardan, Özbekiston tomoni “Tolibon” hukumati bilan özaro murosaga kelişga harakat qilişi lozim.
Joriy yilning 22 mart kuni Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili A. Komilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi amaliy taşrif bilan Afğonistonda böldi.
Kobulda Özbekiston delegatsiyasi Afğoniston boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodar, taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amirxon Muttaqiy, mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi mulla Yoqub Mujohid va muvaqqat hukumatning boşqa a’zolari bilan qator uçraşuvlar ötkazgan.
Özbekiston TIV uçraşuvlar doirasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi, degan bayonot bilan çeklangan va qöşimça tafsilotlarni oçiqlamadi.
Uçraşuv yakunlari böyiça Mulla Abdulğani Barodar özining Tvitter'dagi sahifasida yozişiça, Özbekiston boşqa infratuzilma loyihalari qatori Qöştepa kanali qurilişi loyihasi samaradorligini oşiriş uçun Afğonistonning texnik guruhlari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini ma’lum qilgan.
Foto: twitter.com/FDPM_AFG
Şundan keyingi davrda Özbekiston tomonining “Tolibon” vakillari bilan Qöştepa kanalining qurilişi va suv taqsimoti yuzasidan muzokaralar ötkazgan yoki ötkazmagani haqida oçiq ma’lumotlar yöq.
Kelajakda suv masalasida yuzga kelişi mumkin bölgan ehtimoliy mojarolarning oldini oliş uçun Afğoniston xalqaro şartnomalarga qöşilişi, Amudaryo suvidan foydalaniş böyiça ikki va köp tomonlama bitimlar imzolanişi kerak.
Bu esa mamlakatda tinçlikka erişiş jarayonini tezlaştirişni taqozo etadi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining Markaziy Osiyo uçun salbiy oqibatlaridan yana biri ham ana şunda – global maydonda afğon muammosiga e’tibor susayib ketdi.