Çaronda (Rossiya, Vologda viloyati)

Çaronda – Rossiya şimolidagi Vojye kölining ğarbiy qirğoğida joylaşgan yagona aholi punktidir. Bu nom qayerdan kelgani haqida bir neçta variant bor: ba’zi tadqiqotçilarga köra, şaharça öz nomini Sami «çarra» – mox bilan qoplangan tundra yoki qor va qirğoq sözlaridan olgan.
Çarondaning yuk taşiş punkti sifatidagi maqomi muhim voqea bilan boğliq: 1584 yilda Arxangelskka asos solingaç, u orqali xorijdagi kemalar uçun qulayroq bölgan şimoliy savdo yöli ötgan. Bu davrda aholi punkti gullab-yaşnagan.
1708 yilda Çaronda şahar maqomini oldi. XVIII asrga kelib boşqa quruqlik yöllari ommalaşa boşladi, 1770 yillarda Çaronda yana qişloqqa aylandi; aholisi tez kamayib bordi.
Oktyabr töntarişi davrida bu yerda mingdan kam odam yaşagan. 1921 yilda aholini röyxatga oliş ma’lumotlariga köra, qişloqda 70 ta uy va 450 kişi bölgan, 2007 yilda esa atigi sakkiz kişi qolgan.
Çarondaga kelgan sayohatçilarning aytişiça, hozir bu yerda bor-yöği ikki kişi doimiy yaşaydi. Qişloqda elektr yöq, bu yerga faqat köl orqali yozda qayiqda yoki qişda çanğida yoki muz ustida avtomobilda boriş mumkin.
Agdam (Ozarboyjon)

Qoraboğ hududida, Bokudan 365 kilometr uzoqlikda sobiq Agdam şahri joylaşgan. XVIII asrda asos solingan şahar ozarboyjonçada «oq tom» ma’nosini beradi. Aytişlariça, Qoraboğ xoni öziga atab oq toşdan qasr qurdiradi, şahar nomi ham şundan kelib çiqadi.
1828 yilda Agdam haqiqiy şaharga aylandi, bu yerda zavodlar qurila boşlandi. Jumladan, yoğ, pişloq, vino zavodlari bunyod etildi. Hatto muzeylar oçildi. 1989 yilda Agdamda 28 ming kişi istiqomat qilardi.
Tez orada Qoraboğ uruşi boşlandi. 1993 yilda şahar «Grad»larda öqqa tutilib, yer bilan yakson böldi. 2010 yillarga kelib, 360 kişi yaşaydigan manzilni şahar deb ham bölmasdi.















