Germaniya kansleri Olaf Şols va Polşa prezidenti Anjyey Duda 12 iyun kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukraina xavfsizlik kafolatlarini muhokama qiliş uçun Parijga boradi. Bu haqda Politico fransuz rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Şols, Duda va Makron, Politico naşriga köra, Ukrainaning imkon qadar tezroq NATOga a’zo bölişga intilişidan kelib çiqqan holda umumiy pozitsiyani işlab çiqişlari, şuningdek, Kiyev bir qator demokratik davlatlardan olişi mumkin bölgan xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilişlari kerak.
Makron, deb yozadi gazeta, alyansning iyuldagi sammitidayoq Ukraina uçun NATOga yöl oçişga tayyor, Şols esa ehtiyotkorroq pozitsiyani egallab, Ukrainani qöllab-quvvatlaşning dolzarb masalalariga e’tibor qaratişni taklif qilmoqda.
AQŞning Ukrainaga bölajak yordami, şuningdek, prezident Jo Baydenning xalqaro obrösi bevosita UQK hujumining muvaffaqiyatiga boğliq, degandi avvalroq Politico naşriga anonimlik şarti bilan AQŞning yuqori martabali amaldorlari.
Naşr suhbatdoşlari, agar Ukraina hujumi yetarli darajada muvaffaqiyatli bölmasa yoki umuman muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam qisqartiriladi, mojaroni diplomatik yöl bilan hal qilişga çaqiriqlar tobora balandroq yangraydi, deb taxmin qilişdi.

















