6–7 iyun kunlari Toşkentda OAV vakillari va blogerlar uçun yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayviga bağişlangan keng kölamli tadbir bölib ötdi. Tadbir davomida avtomobilning asosiy afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

Chery brendining Özbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanuvçi Roodell kompaniyasi tadbir iştirokçilari va potensial xaridorlarga yangi Arrizo 6 Pro modeli bilan tanişiş, uning afzalliklari va xususiyatlaridan xabardor böliş imkonini beruvçi tadbir taşkil etdi. Avtomobilga bölgan yuqori qiziqiş va test-drayv iştirokçilarining ijobiy fikrlari hisobga olinganda, Chery Arrizo 6 Pro Özbekiston bozorida öz xaridorlarini topib, avtomobil işqibozlari orasida maşhurlikka erişadi, deb taxmin qiliş mumkin.

Chery Arrizo 6 Pröning asosiy afzalliklari:

Dinamik dizayn

Chery dizaynerlari Arrizo 6 Pro modelini yaratişda maşina töxtab turgan paytda ham harakatlanayotgandek tasavvur uyğotuvçi konsepsiyadan foydalangan. Bunga e’tiborni oldinga jalb qiladigan çiziqlar va kuzov formasining muvaffaqiyatli kombinatsiyasi yordamida erişilgan. Arrizo 6 Pro sport avtomobili körinişiga ega, şu sababli maşina osma tizimi qulay harakatlaniş uçun moslaştirilgan.

Arrizo 6 Pröning içki qismi yuqori sifatli materiallar va yumşoq plastmassa bilan jihozlangan. Bundan taşqari, avtomobilda köp funksiyali çarm rul, elektroprivodli oyna va közgu, old örindiqlarda esa avtomatik konditsioner va isitkiç örnatilgan.

Kelajak texnologiyalari

Arrizo Pröda töliq raqamlaştirilgan boşqaruv paneli, katta sensorli ekranga ega multimedia sistemasi, şuningdek, atrofni körsatuvçi kamera va köriş imkoniyati çeklangan hudud monitoringiga ega xavfsizlik va haydovçiga yordam tizimining sönggi avlodidan foydalanilgan.

Samarali dvigatel

Maşina şahar va magistral yöllari şaroitida yaxşi dinamika va tejamkorlikni ta’minlaydigan 1,5 litrli turbo dvigatel hamda yuqori quvvat va yonilği tejamkorligini ta’minlaydigan CVT25 variatori bilan jihozlangan. Şuni alohida ta’kidlaş kerak, Arrizo Pröda harakatlaniş uçun Eco va Sport rejimlari mavjud.