IIBda töxtamayotgan ölimlar, Toşkentda mikro-blekaut va paçaqlangan elektrobuslar - hafta dayjesti
|17:27 / 11.06.202344 90015 min
Bir yil içida oltita ölim: IIVning siyosiy javobgarligi haqida öylaş vaqti kelmadimi? Elektrsiz qolgan Toşkent: prezident topşiriği nima böldi? Qayerga ketgani noma’lum oltinlar: taşqi qarz miqdori va budjet defitsiti nega yaşirilyapti? Haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Tergovdagi qiynoqlar – oxirgi bir neçta haftalardagi dayjestlarimizning doimiy mavzusiga aylanib qoldi. Afsuski, bunday noxuş holatlarning yana biri ölim bilan yakun topdi. Navbatdagi fojia 3 iyun kuni Toşkent viloyatining Böka tumani içki işlar bölimida röy berdi.
Şu kuni öğrilikda gumonlanib uşlangan 36 yoşli erkak avvaliga maxsus tergov xonasida, kamera qarşisida körsatma bergan, keyin esa boşqa xonaga olib çiqilib, boşqa bir jinoyatga aloqadorligi böyiça söroq qilingan. Ana şu ikkinçi söroq paytida qiynoqqa solingani aytilayotgan fuqaro, şu kunning özida, şifoxonada jon bergan.
Dastlabki ekspertiza xulosasiga köra, marhumning kökrak va qorin sohalariga zarba berilgan, böynidan böğib qiynoqqa solingan. Natijada erkakning qovurğasi singan, içki a’zolariga qon quyilgan. Internetda uning yaqinlari Böka tumani IIB binosi oldida töplangani aks etgan video tarqaldi. Yollanma işçi bölib işlagan fuqaroning 4 nafar farzandi yetim qoldi.
Voqea böyiça tergov bölimining ikki nafar tezkor xodimi işdan böşatilib, qamoqqa olingan. Rasmiylarga köra, ular jinoiy qilmişini böyniga olmagan. Holat böyiça Böka tuman IIB boşliği, uning birinçi örinbosari, jinoyat-qidiruv bölimi boşliği, tergov bölimi boşliği va navbatçilik qismi mas’ul xodimi ham lavozimlaridan olingan.
Voqea jamoatçilikni junbişga keltirdi, bu kabi noinsoniy qiynoqlar muttasil davom etayotgani faollarning jiddiy noroziligiga sabab böldi. Bizdagi hisoblarga köra, oxirgi 1 yil içida kamida 6 fuqaro içki işlar organiga olib kelinişi ortidan vafot etdi. Bu – faqat keng ommaga ma’lum bölganlari. Yopdi-yopdi qilib yuborilgan holat, avvalgi yillardagi ölimlar va şafqatsiz qiynoqdan tirik çiqqanlar bu sanoqqa kiritilmagan.
Örtaça hisobda har ikki oyda bitta ölim röy berib turgan tizimning rahbari, agar boşqa davlatda bölganida, allaqaçon öz xohişi bilan işdan ketgan bölardi. Bizda esa, şunça voqeadan keyin ham içki işlar vaziri Pölat Bobojonov qiynoqlar masalasida hisob beriş uçun biror marta parlamentga ham çaqirilmadi. Omma oldiga çiqib şaxsan izoh beriş, matbuot anjumani ötkazib, savollarga javob qaytariş, marhumlarning yaqinlariga ta’ziya bildiriş kabi normal davlatlardagi odatlar haqida-ku gapirmasa ham böladi.
Bu qon tökilişlari böyiça tizimning eng birinçi rahbarlari şaxsan javob berişi kerak, degan fikrni bilvosita bölsa-da ilgari surayotgan rasmiylar ham yöq emas. “Yuksaliş” harakati Bökadagi voqeadan keyin qiynoqlarga barham berişga qaratilgan 10 ta taklif bilan
. Takliflardan biriga köra, tizimdagi inson qadrini kamsituvçi har bitta holat böyiça IIV rahbariyati jamoatçilikka şaxsan axborot berib borişi kerak. Agar taklif inobatga olinib, bunday şakldagi hisobdorlik mexanizmi majburiy qilib qöyilsa, bir marta xalq oldiga çiqib yuzi yerga qaragan vazir ikkinçi marta bunaqa ahvolga tuşmaslik uçun ham tizimni epaqaga keltirişga uringan bölardi balki.
Qiynoqlarga qarşi kuraşiş uçun nafaqat hisobdorlik, balki umuman tizimda qonuniy javobgarlik ham bölişi kerak. Oxirgi oylardagi ayrim voqealarga e’tibor bering: Fuqaroning avtomobilini olib qöyib, “avariya” sodir etgan profilaktika inspektori jazosiz qoldi. Pogonini özi yulib taşlab bunda ayolni ayblagan IIB xodimiga çora körilmadi. Fuqaroni böğib qiynagan “oper”lar aybsiz deb topildi. Ikki blogerni noqonuniy ravişda qamab qöygan IIB xodimlari javobgarlikka tortilmadi. Bu röyxatni hali yana davom ettiriş mumkin. Qisqa qilib aytganda esa, javobgarlik yöq joyda qonuniylikni talab qiliş kulgili.
Şu örinda, nafaqat qonun doirasidagi javobgarlik, balki siyosiy javobgarlik ham yetişmayotganini aytiş örinli. Şavkat Mirziyoyev dekabr oyidagi parlamentga murojaatida içki işlar vaziridan uşlab turiş joylaridagi inson huquqlari buzilişlariga çek qöyişni, tizimda ta’sirçan nazorat örnatişni talab qilgandi. Köp ötmay prezident “Içki işlar organlarini xalqçil tuzilmaga aylantiriş töğrisida” qaror ham imzoladi. Topşiriqlar bajarilmayotgani, qarorlar qoğozda qolayotgani, IIB binolaridan öliklar çiqişda davom etayotgani uçun siyosiy javobgarlik masalasi kötariladimi-yöqmi, buni vaqt körsatadi. Lekin şunisi aniqki, 6 yildan beri Pölat Bobojonov boşqaruvida qolayotgan içki işlar tizimi real islohotlarga muhtoj. Va bu islohotlarni tizim rahbariyatini yangilamasdan turib amalga oşiriş ilojsizdek körinyapti.
Toşkentning aksar tumanlari yana elektrsiz qoldi
Yoz boşlanişi bilan, kutilganidek, Toşkentda yana soatlab elektr uzilişlari boşlandi. Hafta davomida şaharning aksariyat tumanlarida mikro-blekautlar röy berdi. Sabablar esa avvalgidek –issiq kunlarda yuklamaning ortişi hisobiga tarmoqda avariyalar yuz beryapti. Şuningdek, ana şu avariyalarning oldini oliş uçun ta’minotga rejali çeklovlar kiritilyapti. Ya’ni şu paytgaça poytaxtdan boşqa hududlarda qöllab kelingan rejali öçirişlar endi Toşkent uçun ham yangilik emas. Ayrim holatlarda esa çiroq bir daqiqa içida bir neça marta öçib-yonayotgan holatlar ham böldi. Natijada ijtimoiy tarmoqlar yana norozilik kayfiyati bilan töldi. Bir neçta tumanlarda uzluksiz 8 soatgaça çiroq öçişi suv ta’minotida ham muammolarni keltirib çiqardi. Ayni şu kunlarda quvurlar almaştirilayotgani sabab köplab mahallalarda issiq suv ham öçirildi.
Noroziliklar fonida rasmiylar bir qator holatlarda elektr uzilişlari kelgusida ta’minot yaxşilanişiga xizmat qiladigan ta’mirlaş işlari bilan boğliq ekanini aytib, aholidan uzr söradi. Bu orada aholi murojaatlariga javob berib turgan markaziy dispetçerlik xizmati binosida ham “svet” öçib, murojaatlarga javob beriş vaqtinça töxtab qoldi.
Qayd etiş kerak, prezidentning mart oyidagi qaroriga asosan, Toşkentda 5 ta yangi podstansiya quriş va 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qiliş işlari 5 iyungaça tugaşi kerak edi. Uzilişlar va avariyalar tez-tez bölayotganiga qaraganda, bu qaror vaqtida ijro etilmaganga öxşaydi.
Şu tariqa, Toşkent aholisi rekord darajadagi issiq kunlardan birini elektr muammolari bilan ötkazdi. Rekord deyotganimizga sabab, “Özgidromet” ma’lumotiga köra, 2023 yilning 8 iyuni – Toşkent tarixidagi eng issiq 8 iyun bölgan. Şu kuni harorat 40,1 darajagaça kötarildi.
Ayni şu jazirama kunlarda qöl kelişidan umid qilingan quyoş panellari esa hozirça katta yordam bera olayotgani yöq. Energetika vazirligi 9 iyun kuni bergan ma’lumotga köra, hozirgaça Toşkent şahriga 31,7 MW quvvatli quyoş panellari örnatilgan va ular bir sutkada qöşimça 152 ming KW-soat energiya işlab çiqaryapti. Bu – şahardagi umumiy kunlik iste’molning atigi 0,6 foiziga teng.
Moliyaviy yopiqlik tomon şahdam qadamlar
Ayançlisi, şu issiqda ham daraxt kesişlar töxtamayapti. Navbatdagi daraxtkuşlik Mirzo Uluğbek tumanidagi maktablardan birida röy berdi. Bu yerda 26 tup manzarali daraxt tönka holatiga keltirildi. E’tiborlisi, bir neça yil oldin kesib taşlangan, lekin yana hayotga qaytgan daraxtlar ikkinçi marta hujumga uçragan. Kamera yozuvlarida buni maktabning boğbonçilik işlarini bajarib kelgan şaxs qilgani körinadi. Tabiatga yetkazilgan zarar 312,1 mln sömga baholanib, boğbonga nisbatan jinoyat işi oçildi.
Ayni paytda, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uçun jarima miqdori 5 barobarga oşirilişi kutilyapti. Prezident farmoniga köra, bu haqdagi qonun loyihasi sentabrgaça tayyor bölişi kerak. Jarima miqdorini oşirişdan taşqari, qonunbuzarlarga kompensatsiyaviy daraxt köçatlarini aynan daraxt kesilgan joyga ekiş majburiyati ham yuklanadi.
Tugayotgan haftada Toşkent şahrida gullar va daraxtlar ekiş uçun yana pul ajratildi. Bu safargi 15 mlrd söm mablağ Respublika budjetidan berilyapti. Şaharning yopiq tarzda taqsimlanadigan öz budjetidan emas, barça hududlarning umumiy qozonidan olib berilayotgan 1,3 mln dollar pul töğri sarflanib, poytaxtni yaşillaştiriş, soya joylarni köpaytirişga xizmat qiladi, deb umid qilib qolamiz. Çunki jamoatçilikning umid bildirişdan boşqa real ta’sir çoralari ança çeklangan.
Şahar budjetining yetarliça oçiq emasligi haqida gapirganda, bu tendensiya respublika miqyosida ham röy berayotganini ta’kidlaş kerak. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari haqidagi kunlik hisobotlarni e’lon qilib boriş yil boşidan beri töxtab qolgan. Taşqi qarz haqidagi çoraklik va yillik hisobotlar ham ançadan beri oçiqlanmadi. Ya’ni Özbekiston 2022 yilda va umuman oxirgi 6 oyda qança qarz olgani haqidagi ma’lumotlar yaşirilyapti. Bundan taşqari, 2023 yilning 6-oyi ketayotgan bölsa ham, hukumat haligaça ötgan yilgi davlat budjeti ijrosi haqida hisob bergani yöq.
Iqtisodiyot va moliya vazirliklari birlaştirilib, unga Şerzod Qudbiyev rahbar etib tayinlanganidan keyin boşlangan yopiliş fonida, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari ketma-ket 2 oydan beri kamayib borayotgani e’tiborga loyiq. Markaziy bank hisobotiga köra, may oyida oltin zaxiralari qiymati salkam 1 mlrl dollarga, fizik hajmi 9 tonnaga kamaygan. Bu esa ötgan oyda oltin eksport qilinganini bildiradi. Lekin oltin sotilgan bölsa, rasmiy zaxiralarning valuta qismi köpayişi kerak edi, ötgan oyda esa bunday bölmagan. Aksinça, valutadagi zaxiralar ham 158 mln dollarga kamaygan. Bu holat oltindan tuşgan tuşumlar Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasiga va şu orqali budjet xarajatlarini qoplaşga sarflangan bölişi mumkinligiga işora qiladi. Yuqorida aytganimizdek, hukumat eng asosiy moliyaviy hujjatlarni yaşirayotgani sababli, hozir budjet defitsiti haqidagi oçiq ma’lumotlar yöq.
Hafta qahramonlari
Hafta davomida köpçilikni tölqinlantirgan yaxşi yangiliklar ham böldi. Samarqand şahrida tört nafar maktab bitiruvçisi köp qavatli uy derazasidan tuşib ketgan qizni tutib qolib, hafta qahramonlariga aylanişdi. Şohrux, Jasur, Ozod va Murod ismli bu yigitlar 4-qavat derazasidagi panjarada osilib turgan qizaloqning hayotini saqlab qoldi.
“Qizaloq tuşib ketgan köp qavatli uyda örtoğimiz ham yaşaydi. Öşa kuni maktabda imtihonlarni topşirib, uy yaqinida döstimizni kutib turgandik. Tasodifan yuqorida osilib turgan qizçaga közimiz tuşdi. Bir sinfdoşimiz qizaloqning yaqinlariga xabar beriş uçun yugurdi. Biz, uç kişi bölib qizçani tutib olişga intildik. Pastdan turib qizçaga biroz sabr qil, qöyib yuborma, deb baqirdik. U bizni eşitdi, lekin kuçi yetmay pastga quladi. Pastki qavatdagi tunukaga urilib, havoda ikki metrça uzoqlab ketdi. Özimni orqaga olib qölimni tutdim, döstlarim ham tezda yordamga oşiqişdi. Xudoga şukur, qizça qölimizga tuşdi va omon qoldi”, – deydi Şohrux Boborahimov.
Ma’lum bölişiça, baxtli tasodifdan oldin baxtsiz tasodif ham röy bergan: qizning onasi uydan birrovga çiqqan paytda, kenja öğli eşikni beixtiyor içkaridan yopib qöygan. 4 yaşar qizaloq esa eşik quflanib qolganidan qörqib, yordam söraş uçun deraza tokçasiga çiqqan va temir panjara orasiga boşi bilan tiqilib qolgan. Hozir uning ahvoli yaxşi. Yigitlarga esa körsatgan qahramonligi uçun noutbuklar sovğa qilindi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Toşkentda bir hafta içida uçta yangi elektrobus YTHga uçradi. Duşanba kuni svetoforning qizil çiroğida ötib ketgan Lacetti haydovçisi Malibu avtomobili va 81-yönalişdagi elektrobus bilan töqnaşuv sodir qilib, özi şifoxonaga yotqizildi. Ertasiga Cobalt haydovçisi ham qizil çiroqdan ötib, 89-yönalişdagi elektrobusga urildi va vafot etdi. Payşanba kungi avariyada esa 94-yönalişdagi elektrobusga mast haydovçi boşqaruvidagi Lacetti kelib urildi. Bu avariyada heç jarohatlanmagani xabar qilindi.
Qaşqadaryoda bitta sayt va beş nafar bloger faoliyatini tugatdi. Nasafnews.uz naşri hamda blogerlar Maqsud Muzaffarov, Otabek Artikov, Umid Karimov, Azizbek Yazdurdiyev va Öroljon Kamolov suddagi adolatsizlik sabab şunday qarorga kelganini aytişdi. Uç bloger va YPX xodimlari örtasidagi nizo körib çiqilgan sudda blogerlar 5 sutkaga qamalgan edi. Ularning jamoaviy noroziligiga munosabat bildirgan sud blogerlar tomonidan hukmdan norozi bölib apellyatsiya şikoyati berilmaganiga e’tibor qaratdi.
Abituriyentlarga imtihon javoblari çiqqandan keyin yönaliş tanlaş imkoni berilişi mumkin. Agarbu amalga oşsa, abituriyentlar avvaliga imtihonga kirib çiqadi, şundan keyin töplagan balliga qarab, qaysi yönalişda öqiş böyiça bir qarorga keladi. Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonovning aytişiça, bu tartibni keyingi yildan boşlab yölga qöyiş masalasi körib çiqilyapti.
Italiya Özbekistonning Ğarbiy Yevropadagi birinçi strategik hamkoriga aylandi. Bu haqdagi şartnoma Şavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy taşrifi vaqtida imzolandi. Bu mamlakat kompaniyalari Özbekiston energetika sohasiga 2,2 mlrd yevro investitsiya kiritişiga kelişildi. Kuzatuvçilar rasmiy Toşkentning rivojlangan Yevropa bilan yaqinlaşişga intilişini ijobiy baholayapti. Şu bilan birga, Özbekistonning Yevroittifoqdagi strategik hamkorlari – Italiya va Vengriya Putin Rossiyasiga nisbatan birmunça xayrixoh ekani bilan ajralib turişini eslatayotganlar ham yöq emas.
Qatar amiri tarixda birinçi marta Özbekistonga taşrif buyurdi. Tamim bin Hamad Ol Soniyning taşrifiSamarqand şahrida taşkil etildi. Rasmiy xabarga köra, erişilgan kelişuvlarning umumiy qiymati 12 mlrd dollarga yetadi. Taşrifning ilk kunida Şavkat Mirziyoyev imzolagan farmon bilan, Qatar fuqarolari uçun Özbekistonga kirişda vizasiz rejim joriy qilinadigan böldi. Eslatib ötamiz, ötgan oyda Qatar Özbekistonda elçixona oçgan edi.
Nukus voqealarida ayblangan 8 nafar sudlanuvçi apellyatsiya sudining qarori bilan ozod etildi. Ularga tayinlangan qamoq jazosi ozodlikni çeklaş jazosiga özgartirildi. Yana 6 nafar sudlanuvçining ozodlikdan mahrum qiliş muddatlari qisqartirildi. Ayni paytda, namoyişlarning asosiy taşkilotçisi bölgan Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan tayinlangan jazo özgarişsiz qoldirildi. Eslatib ötamiz, u 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.