Kiji saroyidagi muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Italiya boş vaziri Jorja Meloni ikki mamlakat örtasida Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsini qabul qildi.
Yetakçilar huzurida köp qirrali hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan 10 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almaşiş marosimi ham böldi. Investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisidagi bitim, huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qişloq xöjaligi sohalarida hamkorlik qiliş töğrisidagi bitimlar şular jumlasidan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi örtasida restavratsiya sohasida, Özbekiston madaniyat va san’atni rivojlantiriş fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi örtasida madaniyat sohasida hamkorlik töğrisidagi memorandumlar, taşqi işlar vazirliklari örtasida 2023-2024 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026 yilga qadar madaniy almaşinuvlar dasturi qabul qilindi.


















