
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, taşrifning asosiy tadbirlari bugun, 6 iyun kuni Samarqand şahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib oliş marosimidan boşlandi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Özbekiston prezidenti oliy martabali mehmonni kutib oldi va şohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladi. Şundan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.






















