Prezident qarori içki işlar organlarini aholining işonçli himoyaçisi sifatida xalqçil professional tuzilmaga aylantiriş, ularning fuqarolar, jamoat taşkilotlari hamda keng jamoatçilik bilan yaqin hamkorlikda, özaro işonç va hamjihatlik ruhida işlaşini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan.

Hujjat bilan Içki işlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangan. Har bir xodim mazkur kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilişi, ularga qat’iy va sözsiz amal qilişi majburiy etib belgilangan. Kodeks qoida va talablariga amal qilmaslik yoki ularni qöpol ravişda buziş xodimni içki işlar organlaridan xizmatdan böşatişgaça bölgan intizomiy jazo çorasini qöllaş uçun acoc böladi.

Ta’kidlanişiça, kodeksda belgilangan qoida va talablar içki işlar organlarida sodir etilişi mumkin bölgan nojöya xatti-harakatlar, suiiste’molçilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini oliş, huquq-tartibot tizimi obröyiga salbiy ta’sir körsatuvçi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslikka yönaltirilgan. Xodimlar işga qabul qilingan kundan, egallab turgan lavozimi hamda bajaradigan işining xususiyatidan qat’i nazar uşbu kodeksga birday rioya etişga majburdir.

Bundan taşqari, uşbu prezident qarori bilan IIV Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti töğrisidagi nizom, içki işlar organlarida kadrlar salohiyatini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarning Yöl xaritasi tasdiqlangan.

Davlat rahbari tomonidan “Içki işlar organlarini xalqçil tuzilmaga aylantiriş va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda işlaşga yönaltiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror qabul qilinişi ortidan prezidentning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi belgilangan.

Içki işlar organlarida kadrlar salohiyatini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarning Yöl xaritasi.​​​​​​