Özbekiston Oliy sudi Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati 2022 yil 1−2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda sodir bölgan voqealar yuzasidan jinoyat işi böyiça 16 nafar mahkum nomidan berilgan apellyatsiya şikoyatini körib çiqiş yakunlari böyiça qaror çiqardi. Şu bilan birga, şartli hukm qilingan 4 nafar şaxsga nisbatan prokuratura protesti körib çiqildi.

Oliy sudning 2023 yil 5 iyundagi ajrimiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining hukmi quyidagiça özgartirildi:
hukmning marhum P. Şamşetovga jazo tayinlaşga oid qismi bekor qilindi. Şu bilan birga vafot etgan P. Şamşetovga tegişli bölgan Nukus şahridagi J. Seitova köçasida joylaşgan 32-uy Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi tartibida xatlovdan çiqarilib, yangi tahrirdagi Özbekiston Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari qöllanilgan holda marhumning merosxörlariga qaytarilişi belgilandi;
B. Kadirbergenov, S. Medetov, B. Seytniyazov, Q. Seytimov, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va ularning himoyaçilari tomonidan berilgan şikoyatlar qanoatlantirildi.
Şunga köra:
- B. Kadirbergenovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- B. Seytniyazovga tayinlangan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 4 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- S. Medetovga tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- Q. Seytimovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- P. Nurniyazovga tayinlangan 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 4 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- S. Kalimovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- N. Sultamuratovga tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 3 yil ozodlikni çeklaş jazosiga;
- A. Temirxanovga tayinlangan 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 5 yil ozodlikni çeklaş jazosiga özgartirildi.
Ularning ehtiyot çorasi tariqasida qamoqda saqlangan har bir kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan ozodlikni çeklaş jazosining bir kuniga tenglaştirilib, tayinlangan jazodan çegirilib, barçasi sud zalida qamoqdan ozod qilindi.


























