Joriy yilning 5 iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Şota Rustaveli - Glinka köçalari kesişgan çorrahada yöl-transport hodisasi qayd etildi.
Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga köra, 1992 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Lacetti, 1980 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Malibu-2 va 1970 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Yutong elektrobusi iştirokida töqnaşuv kuzatilgan.
«Toşşahartransxizmat» xabariga köra, Lacetti svetoforning qizil çiroğiga amal qilmasdan harakatlanib, Malibu-2 avtomobiliga urilgan, Malibu esa boşqaruvni yöqotib, 81-sonli yönalişda harakatlanuvçi Yutong elektrobusi bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomaşinasi haydovçisi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















