Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangaç, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolaş marosimi bölib ötdi.

Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:
– Investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisida hukumatlararo bitim;
– Ikki tomonlama soliqqa tortişning oldini oliş hamda daromad va mulk soliqlarini tölaşdan boş tortişni bartaraf qiliş töğrisida hukumatlararo bitim;
– Bojxona işlarida özaro kömak körsatiş töğrisida hukumatlararo bitim;
– Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim;
– Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etiş töğrisida hukumatlararo bitim;
– Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo memorandum;
– Madaniyat sohasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo memorandum;
– Savdo sohasida hamkorlik töğrisida memorandum;
– Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik töğrisida memorandum;
– Ösimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik töğrisida memorandum;
– Sport va yoşlar işlari sohasida hamkorlik töğrisida memorandum;
– Toşkent va Doha şaharlari örtasida hamkorlik töğrisida memorandum.



Şuningdek, taşqi işlar va adliya vazirliklari örtasida 2023-2025 yillarga möljallangan hamkorlik dasturlari hamda Ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun qöşma platforma yaratiş töğrisida kelişuv imzolandi.
















