«Yuksaliş» umummilliy harakati «içki işlar idoralari ayrim xodimlarining ğayriqonuniy harakatlari, şu jumladan qiynoqqa soliş holatlari keng jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölayotgani»ni ta’kidlab, qiynoqlarga barham beriş maqsadida 10 ta taklif işlab çiqqanini e’lon qildi.

«Uçrayotgan qiynoq holatlari, Özbekistonning bugungi milliy va xalqaro imijiga salbiy ta’sir körsatmasligi lozim. Uşbu holatlar davlatimiz rahbari olib borayotgan insonparvarlik va inson qadri ustuvorligi tamoyillariga zid ekanligini ta’kidlaymiz», deyiladi «Yuksaliş» xabarida.

Harakat keng jamoatçilik fikri va soha ekspertlariga tayangan holda, qiynoqlarga barham beriş maqsadida zudlik bilan quyidagi eng muhim işlar amalga oşirilişi zarur, deb hisoblaydi:

  1. Avvalo, sönggi röy bergan qiynoq holatlari yuzasidan Içki işlar vazirligi rahbariyati batafsil axborot berişi hamda tizimda qiynoqlarga barham beriş böyiça aniq rejalarini jamoatçilikka taqdim etişi kerak;
  2. Bundan buyon, muntazam ravişda har bir qiynoq va boşqa inson şa’ni va qadr-qimmatini kamsituvçi holatlar böyiça IIV rahbariyati tomonidan şaxsan jamoatçilikka axborot berib boriş amaliyotini kiritiş lozim;
  3. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib uşlangan şaxsning huquqlari sodda tilda tuşuntirilganligi haqida tilxat oliş amaliyotini joriy etiş;
  4. Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib uşlangan şaxsning prokuror bilan uçraşiş talabini darhol qondiriş böyiça huquqini qonunçilikda mustahkamlaş;
  5. Hibsga (qamoqqa) olinganlarning rasman qamoqda saqlaş joylari deb e’tirof etilgan joylarda saqlanişini, ularning saqlanayotgan joylari töğrisidagi ma’lumotlarni manfaatdor tomonlar, şu jumladan qarindoşlari, döstlari va jamoat taşkilotlari uçun oçiq bölişini ta’minlaş maqsadida onlayn ma’lumotlar bazasini yaratiş;
  6. Şaxsni hibsga olişda «Miranda qoidasi»ni qöllaş bilan boğliq harakatlarni talab darajasida amalga oşirmaganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi qonun loyihasini zudlik bilan parlamentga kiritiş;
  7. Milliy preventiv mexanizm doirasida içki işlar idoralarining vaqtinça saqlaş hibsxonalari va uşlab turiş joylariga jamoatçilik vakillarining monitoring taşriflarini taşkil etiş va doimiy amalga oşiriş mexanizmini işlab çiqiş;
  8. Içki işlar organlariga işga qabul qiliş, xodimlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini qayta körib çiqiş, xususan, tegişli tuzilmalar xodimlarini jinoyat protsessi iştirokçilarining huquqlarini bilişi, xodimlarning psixologik holatini stress-testdan ötkaziş tizimini isloh qiliş;