Abituriyentlar test natijalari ma’lum bölganidan söng yönalişlarni tanlaş imkoniyatiga ega bölişi mumkin. Bu haqda yangi öquv yiliga oid özgarişlarga bağişlangan suhbatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Vazir suhbatda kelgusi yillardan OTMlarga qabulda kutilayotgan özgarişlar masalasiga ham töxtaldi.

“Bu ham yangilik böladi. Hozir şuning ustida işlayapmiz. Öqişga hujjat topşirayotganda 5ta yönalişni tanlaydi. Keyingi yildan imtihondan ötgaç, test natijalari çiqqandan keyin yönalişlarni tanlaş imkoniyatini beramiz. Yangi islohot ustida Moliya, Mehnat va bandlik [hozirgi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi] vazirliklari bilan birga bu işlarni rejalaştiryapmiz”, – dedi Abdurahmonov.

Vazirning izoh berişiça, bunday tartibga ehtiyoj abituriyentlar imtihonga yaqin qolganda fikrini özgartirib, yönalişini özgartirişni sörab qoliş holatlari köpaygani sabab yuzaga kelgan.

“Bu muammolar bor, abituriyent yönalişini özgartirişini sörab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ham köp bölgan. Şuning uçun yangi tartib haqida öylayapmiz”, – dedi vazir.