Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim joriy qilinadi
“Qatar Davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Ma’lumot uchun, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun, 5 iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Muloqotda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yil 1 fevraldan boshlab 45 mamlakat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingandi.
Mavzuga oid
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
22:38 / 17.03.2026
Finalissima-2026 bekor qilindi: Ispaniya – Argentina o‘yini o‘tkazilmaydi
19:08 / 14.03.2026