Joriy yilning 4 iyun kuni Içki işlar vazirligi Navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga köra, Toşkent viloyati Böka tumani hududida bir qator öğrilik jinoyatlarini sodir etişda gumonlanib, JKning 169-moddasi 3-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida 3 iyun kuni tergovga jalb etilgan Yuqori Çirçiq tumanida yaşagan, 1987 yilda tuğilgan fuqaro himoyaçisi iştirokida Böka tumani IIB tergov xonasida videoyozuvga töliq yozib olingan holda söroq qilingan.

IIV xabariga köra, gumonlanuvçi soat 19:00 da JPKning 227-moddasi bilan protsessual tartibda uşlangan va Böka tumani IIBdagi “Fuqarolarni vaqtinça saqlaş xonasi”ga joylaştirilgan. Şu kuni soat 23:30 da gumonlanuvçining soğliği yomonlaşganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmati çaqirtirilib, şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Içki işlar vazirining örinbosari Ya.Abdulhaqov, IIV Şaxsiy xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlaridan iborat işçi guruh voqea joyiga çiqib vaziyat örganildi, voqea joyi közdan keçirilib, işga aloqador xodimlarning körsatmalari olindi, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Aniqlanişiça, 3 iyun kuni soat taxminan 22:00 da gumonlanuvçi Böka tumani Jinoyat qidiruv bölimining tezkor xodimlari tomonidan protsessual tartib buzilgan tarzda maxsus sörov xonasiga emas, balki xizmat xonasiga olib çiqilib, u bilan boşqa jinoyatga aloqadorligi böyiça suriştiruv ötkazilgan. Jarayonda fuqaroning soğliği yomonlaşib, keyinçalik ölimi yuz bergan. Tayinlangan birlamçi sud-tibbiy ekspertizasining taşxisiga köra fuqaroning tanasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, voqeaga aloqador bölgan 2 nafar tezkor xodim hibsga olingan.

Xolis tergov va tekşiruvni ta’minlaş maqsadida, Içki işlar vazirining buyruği bilan xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgan Böka tumani IIB boşliği A.Boboxonov, uning birinçi örinbosari V.Xudoyqulov, jinoyat qidiruv bölimi rahbari J.Subanov, tergov bölimi boşliği J.Oçilov, şuningdek, navbatçilik qismi mas’uli Ş.Ibragimovlar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bundan taşqari, mazkur salbiy holatga aloqador bölgan tezkor xodimlar içki işlar organlari tizimidan böşatilgan.

Vazirlikning markaziy apparati hamda Toşkent viloyati IIBB mas’ul rahbarlari va boşqa xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.