4 iyun kuni Böka tumani IIBda döpposlanib vafot etgan U.S. 1987 yilda tuğilgan, uning 4 nafar farzandi bor va özi yollanma işçi bölib işlagan. Dastlabki ekspertiza xulosalari IIB xodimlari uning qorin sohasiga urgani va böyin qismidan böğib qiynaganini körsatmoqda.
«Marhumda kökrak qafasi çap tomonlama 5-qovurğaning töş sohasiga birikib, yopiq sinişi, atrof töqimalariga qon quyilişi, qorin parda osti, ingiçka içak va içak tutqiçlariga köp miqdorda qon quyilişlari, böyinning qalqonsimon toğay va til osti suyagi sohalari töqimalariga qon quyilişi kabi jarohatlar aniqlangan», — deyiladi Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda.
Tört nafar farzandning otasini urib öldirişda gumonlanayotgan IIB xodimlaridan birining ismi Dilşod bölib (1985 yilda tuğilgan), Böka tuman IIB JQBning katta tezkor vakili. Yana birining ismi Şahzod. U 1992 yilda tuğilgan, 2019 yildan buyon Böka tuman IIB JQBning tezkor vakili bölib işlab kelgan. Ikki xodim ham ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Içki işlar vazirligi bayonotida uşbu xodimlar tizimdan böşatilgani hamda Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgani ma’lum qilingan. Bundan taşqari, Böka tumani IIB boşliği A.Boboxonov va bir qança mas’ullar lavozimdan olingan.
IIV öz bayonotida markaziy apparat va viloyat IIBBdagi ayrim mas’ullarning harakatlari yuzasidan ham xizmat tekşiruvi tayinlanganini bildirgan edi.
Kun.uz’ning içki işlar organlaridagi manbasi ma’lum qilişiça, viloyat IIBB boşliğining birinçi örinbosari Ortiq Xudaybergenovning bevosita va bilvosita qöllovi ortidan viloyatdagi jinoyat qidiruvi xizmati xodimlarining köplab ğayriqonuniy işlariga «köz yumilmoqda».
Toşkent viloyati IIBning jinoyat qidiruvi yönalişiga 5 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Ortiq Xudaybergenov – Özbekiston prezidentining Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenovning öğli hisoblanadi.


















