Ukrainada uruşning 472-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari köngillilar yordamida Ukrainada halok bölgan 25 mingdan oşiq rossiyalik harbiy xizmatçilarni nomma-nom aniqladi.
- Ukraina qöşini kamida tört uçastkada qarşi hujum harakatlarini boşladi, bu haqda Amerikaning Uruşlarni örganiş instituti (ISW) hisobotida qayd etilgan. The New York Times ma’lumotiga köra, ğarbdagi mulozimlar Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujum davomida okkupatsiya ostidagi barça hududlarni ozod etişini kutişmayapti.
- Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Kiyevga keldi. U Ukraina uçun 500 million kanada dollari qiymatidagi yangi harbiy yordam paketi ajratilişini anons qildi. Tryudo şuningdek, Kanada qiruvçi samolyotlar uçun ukrain uçuvçilarini tayyorlaş bilan şuğullanişiga va’da berdi.
- Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Kaxovka GES töğoni buzilişi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 11,5 milliard rublni taşkil etadi, bu haqda Xerson oblastining anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan «hukumat» raisi Andrey Alekseyenko ma’lum qildi.
Odessaning öqqa tutilişi

Serhii Smoliensev / Reuters / Scanpix / LETA








































