Qiz bola uzatildimi, unga boşqa bir oilaning vakili sifatida qaraladi. Hatto uyiga boriş ham uyat hisoblanadi. Şu sababdanmi, köpçilik özbek oilalarida uzatilgan qizning rözğoriga aralaşilmaydi. Nima bölsa, öşa uyda bölsin, uydagi gap köçaga çiqmasin deyişadi. Lekin har doim ham bunday yöl tutiş töğri bölavermaydi. “Hayotiy hikoyalar”ning bugungi qahramoni öz qizining boşidan ötganlari haqida hikoya qiladi.

“Uç qiz, ikki öğil farzandim bor. Öğillarimni uylantirib, qizlarimni joy-joyiga qöydim. Faqat kiçkina qizim qolgandi. Böy yetgani sari oqi oqqa, qizili qizilga bölib, juda çiroyli qizga aylandi. Kollejda birinçi kurs paytidan uyimizdan sovçi arimasdi.

Otasi bilan maslahatlaşib özimizga ma’qul bölgan bir oilaga beradigan böldik. Hali öqimoqçiman, şoşilmanglar, dedi qizim. Yonimga olib tuşuntirdim. Bolam, sovçilar bir yopirilib keladi. Keyin asta-sekin qadami uziladi. 

Öqişingga qarşimasmiz. Peşonangda bölsa, töydan keyin ham öqib olaverasan. Özimizga mos, yaxşi oila ekan. “Öqisang, işlasang-u, özingga munosib bunday joy qaytib çiqmasa-çi? Qiz bolaning baxti oilasida, ana opalaring ham öqimadi, lekin kam bölişmayapti”, deya tuşuntirdim. 

Kollejni tamomlaşi bilan töy qilişga kelişdik. Fotiha ham bölib ötdi. Ayni imtihon paytlari edi. Ham töy taşvişlari, ham kursdan kursga ötiş imtihoniga tayyorlaniş bilan qizim juda çarçab qolgani şundoqqina sezilib turardi. 

Şunday kunlarning birida şoşib yölni kesib ötaman deb, avtohalokatga uçradi. Şifoxonadan telefon qilib aytişgandagi holatni tasavvur qila olmaysiz. Qattiq qörqqanidan komaga tuşib qolgan ekan beçora bolam. 

Jarohati u qadar oğir bölmasa-da, tuzalişi juda qiyin böldi. Oyoqqa ham turdi, ammo gapirmasdi. Körsatmagan doktorimiz, olib bormagan joyimiz qolmadi. Hamma bir xil gapni aytar, möjiza sabab tuzalişi mumkin derdi. 

Qudalar uzr aytib töyni töxtatdi. Bu qizim uçun ikkinçi zarba böldi. Nafaqat qizim, balki men ham ança vaqt özimga kelolmay yurdim. Gözalligiga oşiq bölib eşigimizni teşguday bölib kelayotgan sovçilar öz-özidan ğoyib böldi. Soqov kelin heç kimga kerak emasdi...

Taqdirga tan bergan qizim imo-işoralar bilan gaplaşişni örgana boşladi. Men esa uning gapirib ketişidan umid uzmasdim. Uyimizni taqillatib yana sovçi keldi. Bu safar tuğma soqov yigitdan.

Yoşlar bir-biri bilan uçraşdi. Imo-işoralar orqali gaplaşişdi. Bir-biriga ma’qul bölgan, şekilli, qizim özlaring bilasizlar, deb yozib berdi. Şu bilan tinib-tinçib ketsa qaniydi. Barça taşvişlar keyin boşlandi.