Yoz — ta’lim muassasalari uçun ta’til mavsumi. Yil davomida sohada mehnat qilgan öqituvçi va murabbiylar bu davrda hordiq çiqariş imkoniga ega bölişadi. Şuni hisobga olib, Soğliqni saqlaş vazirligi yangi taşabbus bilan çiqdi. Unga köra, joriy yil 1 iyuldan 1 avgustgaça respublika böylab «Öqituvçi va murabbiylar salomatligi oyligi» aksiyasi ötkaziladi.

Bu davrda mamlakatdagi ta’lim sohasi xodimlari — maktab öqituvçilari va boğça tarbiyaçilari profilaktik va çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar hamda skriningdan ötkaziladi. 

Ayni damda 10 118 ta umumta’lim maktabida 6,3 mln nafardan ziyod öquvçiga qariyb 510 ming nafar öqituvçi ta’lim beradi.  

Şuningdek, 29 420 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti mavjud bölib, ularda 2,1 mln nafar bola tarbiyalanadi.

SSV matbuot xizmati xabar berişiça, aksiya davomida tibbiy tekşiruv natijalariga muvofiq, aniqlangan kasalliklar böyiça davlat kömagida ularning salomatligini tiklaş va mustahkamlaş çoralari köriladi. 

Buning uçun dastlab ta’lim sohasi xodimlari orasidan tibbiy xizmatga ehtiyoji bor kontingent röyxati şakllantirilib, ular yoşi, jinsi va salomatlik holatidan kelib çiqib, tegişli guruhlarga ajratiladi.

Şundan söng ular maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va çuqurlaştirilgan tekşiruvlardan ötkaziladi. 

Tibbiy köriklar yakunida: 

  • hayotida ilk bor surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual soğlomlaştiriladi; 
  • ötkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan bemorlardan bir guruhi birlamçi böğindagi kunduzgi şifoxonalarda ambulator şaroitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, şahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi; 
  • yuqori texnologik ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yöllanmalar taqdim etiladi.

Öz navbatida, olis va çekka hamda çegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan köriklar ötkaziladi.