Yaqinda bölib ötgan VI “Yil brendi-2022” mukofoti ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimida AQLVOY telekanallar reytingida ham, Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari tanlovida ham iste’molçilarning oçiq ovoz beriş natijalari böyiça birinçi örinni egalladi. Bir neça yil içida erişilgan ajoyib muvaffaqiyat, birinçi navbatda, kontentda ijodiy va puxta öylangan yondaşuv bilan boğliq.

Telekanal boş direktori Vela Fidelning sözlariga köra, “AQLVOY – şunçaki telekanal emas, bu bolalar va ularning ota-onalari uçun yaratilgan, kiçkintoylarni ruhlantirib, ularning ösişi va rivojlanişiga yordam beradigan butun bir dunyodir”. Ösiş va rivojlanişni AQLVOY falsafasi deb hisoblaş mumkin, u “Bu sening vaqting” şiori ostida yoş tomoşabinlar uçun noyob va qiziqarli öyin-kulgilarni taklif qiladi.

Kanalning bir kunlik auditoriyasi 1 millionga yaqin tomoşabinni taşkil etadi, AQLVOY faoliyatining ilk kunidan boşlab şu kungaça respublikaning eng yaxşi 5 ta kanalidan joy olgan. AQLVOY nimasi bilan ajralib turadi? U bolalarning tasavvurini rivojlantirişni rağbatlantiradigan, ijodiy fikrlaşni kuçaytiradigan va bolalarga yangi bilimlarni örganişga yordam beradigan keng kölamli dasturlarni taklif etadi. Kanal brendini şakllantirişda ham uning efir dizayni, ilmiy yondaşuvdan foydalanilgan va yangi avlodni idrok etişning öziga xos jihatlari inobatga olingan. Ekran bezagi, logotipi – “kattalar” nazarida futuristik va juda ğayrioddiy körinadi – bolalar tomonidan esa ajoyib tarzda qabul qilingan. Qahramonlarning özlari (avtobus va robot) bolalar boğçalarida fokus-guruh sörovlari asosida işlab çiqilgan. 

Va, albatta, kontent: AQLVOY Rossiya, AQŞ, Janubiy Koreya, Xitoy va boşqa köplab mamlakatlardagi dunyoga maşhur studiyalar tomonidan yaratilgan bugungi kungaça eng yaxşi animatsion serial va dasturlarni efirga uzatadi. Ayni paytda AQLVOY bolalar telekanali va Pramount/Viacom, Sony, Riki, Melnitsa animatsion studiyalari örtasida rasmiy litsenziya şartnomasi imzolangan bölib, Warner va Universal kompaniyalari bilan animatsiya paketini xarid qiliş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.

Birgina 2022 yil davomida kanalda Smeshariki, Yenotiki, Monkart, Prostokvashino, Fiksiki va boşqa 80 dan ortiq nomdagi multfilmlar va animatsion seriallar namoyiş etildi. Kuzda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida moslaştirilgan va namoyiş etilgan maşhur “Sesame Street” franşizasi namoyiş etildi”. Lisenziyalangan xarid qilingan kontentdan taşqari, telekanalda maktabgaça ta’lim sohasidagi sönggi uslubiy işlanmalarni hisobga olgan holda tayyorlangan öz işlab çiqariş dasturlari: “Bilasanmi”, “Quvnoqvoy”, “Bilimdon”, “Yeli va Bob”, “Şum Bolaning sarguzaştlari” va “Sehrli ingliz tili” dasturlari taqdim etiladi. Telekanal jamoasi doimiy ravişda bolaning şaxsiyatini rivojlantiriş va uning salohiyatini oçişga qaratilgan yangi va qiziqarli kontent yaratiş ustida işlamoqda. Axir, “Har kuni yangi narsalarni örgan. Oson örgan va zavqlan!” kanalning asosiy şioridir.