A guruhida Özbekiston (6 oçko) milliy jamoasi Eldor Şomurodovning dubli evaziga Turkmaniston (1) ustidan ğalaba qozondi. Guruhning ikkinçi öyinida Ummon (1) Tojikiston (2) bilan durang öynadi.
Şomurodov Özbekiston safidagi gollarini 36taga yetkazib, milliy jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi. U Maksim Şatskixning (34) rekordini yangiladi.
Natijada Sreçko Katanets şogirdlari muddatidan avval guruh ğolibiga aylandi. Sönggi turdagi Tojikiston bilan öyin natijasidan qat’i nazar guruhdagi heç bir jamoa mezbonlarga yeta olmaydi.
Özbekiston 20 iyun kuni «Bunyodkor» stadionida ötadigan finalda B guruhi ğolibi (Eron yoki Qirğiziston) bilan öynaydi.
CAFA Nations Cup. 2-tur. 14 iyun
Turkmaniston — Özbekiston 0:2
«Bunyodkor» stadioni
Gollar: Eldor Şomurodov (52, 86).
Özbekiston — Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Otabek Şukurov, Jaloliddin Maşaripov (Jamşid Iskanderov, 73), Şerzod Nasrullayev, Eldor Şomurodov (Bobur Abduxoliqov, 90+2), Umar Eşmurodov, Sardor Sobirxöjayev (Oston Örunov, 46), Aziz Turğunboyev (Hojimat Erkinov, 46), Akmal Mozgovoy (Odil Hamrobekov, 46), Dilşod Saitov (Hojiakbar Alijonov, 65).
Turkmaniston — Rasul Çariyev, Ahmet Atayev, Guyçmurat Annaguliyev, Yilas Toyjanov, Mekan Saparov, Ibraim Mammedov, Rasul Hojayev, Abdi Başimov, Altinmurat Annadurdiyev, Yilas Saparmammedov, Şanazar Tirkişov.
Ummon — Tojikiston 1:1
«Paxtakor» stadioni
Gollar: Al Yahyoyi (14, penalti) — Hanonov (44).
Aniq amalga oşirilmagan penalti: Solih (54).
Ummon — Al Muhayni, Al Yahmadi, Al Breyki, Al Hamisi, Al Kabi, Abdulğafur (Al Mamari, 64), As Saadi, Al Ahbori, Al Yahyoyi, As Subhi, Al Ğassani (Al Malki, 74).
Tojikiston — Yatimov, Safarov, Z.Jöraboyev, Hanonov, Islomov, Payşanbe (Karimov, 90+1), A.Jöraboyev, Ayni (Nazarov, 54), Umarboyev (Hamroqulov, 61), A.Jalilov (Rahimov, 61), M.Jalilov (Azizboyev, 90+3).
Çetlatiş: Islomov (52).
















