Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Xunan provinsiyasi bozoriga yetkazib beriladi
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulligi xodimlari Xitoyning Xunan provinsiyasida joylashgan Chansha shahri Xalqaro savdoni rag‘batlantirish markazi (CCPIT Changsha) prezidenti Yuy Siayuan boshchiligidagi delegatsiya bilan hududlararo savdo-iqtisodiy, eksport, investitsiya va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
CCPIT Changsha prezidenti va ushbu tashkilot a’zolari 24-25 iyun kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston - Xitoy biznes-forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga taklif etildi. Uchrashuvda hududdagi tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirokida mamlakatda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Xitoy tomoniga mamlakatimizda biznes yuritish, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga doir atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Ishbilarmonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlarni Xunan provinsiyasi bozoriga yetkazib berishga tayyor ekanliklari ma’lum qilindi.
Yuy Siayuan joriy yil avgust oyida Chanshada o‘tkazilishi rejalashtirilgan 1-Yuqori rivojlanish xalqaro sanoat va iqtisodiy konferensiyasiga mamlakat rasmiy delegatsiyasini hamda tadbirkorlarni taklif etdi.
Mavzuga oid
11:44 / 01.05.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
09:51 / 15.04.2025
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
15:36 / 12.12.2024