Joriy yilning 27 may kuni Toşkent şahridagi savdo markazlaridan birida 61 yoşli AQŞ fuqarosi birga yaşovçi ayol bilan janjallaşib, haqoratlab, unga paketlar uloqtira boşlagan.

Nemolchi.uz loyihasi vakillarining sözlariga köra, bu u tomonidan sodir etilayotgan birinçi tajovuz emas. Jabrlanuvçi avvalroq himoya orderini olgan.

9 iyun kuni video-konferens-aloqa orqali oçiq sud majlisida Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi AQŞ fuqarosini himoya orderi talablarini buzganlikda va mayda bezorilikda aybdor deb topdi. 

Sudya ayblanuvçining yoşi, oilaviy ahvoli, şuningdek, moddiy ahvolini inobatga olib, unga nisbatan jarima solişni maqsadga muvofiq deb topdi: 

- Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) böyiça 990 ming söm; 

- Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 206-1-moddasi böyiça (bezorilik va (yoki) zöravonlik sodir etgan yoki sodir etişga moyil şaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) - 330 ming söm.

Sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-moddasi (bir neçta huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun ma’muriy jazo qöllaş) bilan ayblanuvçiga ikkita huquqbuzarlik uçun jami 990 000 söm miqdorida jarima solingan.