Toshkentda ikkilamchi ko‘chmas mulk uchun o‘rtacha narxlar qariyb 30 foizga oshdi
Tahlilchilar may oyida uy-joy bozorida faol o‘sish kuzatilganini qayd etishdi. Oy davomida sotuvlar 26,6 foizga, Toshkent shahrida kvartiralarni ijaraga olish narxi 0,9 foizga, ikkilamchi uy-joylar esa 2,5 foizga oshdi.
May oyida ko‘chmas mulk bozori faollikning oshishi bilan ajralib turdi. Agar aprel oyida oldi-sotdi bitimlari soni 20,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, oy davomida sotuvlar 26 foizdan va bitimlar 25 mingtadan oshdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan uy-joy oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlari soni 28,5 foizga oshdi.
Tumanlar kesimida ijaraning 1 kvadrat metri uchun eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur (11,5 dollar), Yakkasaroy (11,3 dollar) va Mirobod (11,8 dollar) tumanlarida qayd etildi.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi 8,0 foizga qimmatlashdi. Yil boshidan beri o‘rtacha ijara narxi 12,1 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘sish sur’ati tezlashdi. Agar aprel oyida 1 kvadrat metr uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi 1,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, may oyida "ikkilamchi uy-joy" narxi 2,5 foizga oshdi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan poytaxtda ikkilamchi ko‘chmas mulk uchun o‘rtacha narxlar 27 foizdan oshdi.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
17:26 / 21.11.2024
Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi
15:44 / 21.11.2024