Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida ikki yoşli bola qulab tuşgan xonadon devorlari orasida qolib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bölimi qutqaruvçilari yordami bilan bola hayoti saqlab qolindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Bugun, 15 iyun kuni soat 12:14 da Toşkent şahar FVBga Mirzo Uluğbek tumani «Oliy Himmat» MFYda joylaşgan uylarning birida quriliş maqsadida qaziş işlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketganligi va qulagan devor ostida 2 yoşli qizaloq qolib ketganligi töğrisida taşvişli xabar kelib tuşgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvçilari yetib borib, qizaloqni olib çiqişgan va zaruriy tibbiy yordam uçun şifokorlarga topşirişgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxşi ekani aytiladi.
Hodisa oqibatida halok bölganlar yöq.

















