Xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan özbekistonliklarni bir yerga jamlaş, özaro tajriba almaşiş, şuningdek, ularning erişgan yutuqlari haqida yurtdoşlarimizga yetkaziş maqsadida yaratilgan global platforma – Uzbekistan’s Club bu safar öz nigohini çet eldagi özbekistonlik talabalarga qaratdi.
Yangi Özbekistonlik.Studens loyihasi Özbekistonlik filmlari seriyasi va şu nomdagi xalqaro forumlar orqali taniş bölgan Uzbekistan’s Club ijodiy jamoasi tomonidan suratga olingan. Şou boşlovçilari – taniqli blogerlar Husnora Şodiyeva va Timur Alixonov. Rejissyor – Rustam Meliyev.
16 sentabr soat 18:00da My5 telekanali va Uzbekistan’s Club’ning rasmiy Youtube-kanalida premerasi bölib ötgan Özbekistonlik.Studens hujjatli filmining ilk qismi qahramonlari xorijda tahsil olişni maqsad qilgan yoşlarga öz tajribalari haqida sözlab berişadi. Ularning hikoyalari yoşlarga motivatsiya ulaşib, tengdoşlarining jahonning nufuzli oliygohlariga öqiş, yetuk mutaxassis bölib yetişiş istagini yanada mustahkamlaydi.
Birinçi qism premerasida Oksford universiteti talabasi Muştariy Madrahimova va East London universiteti talabasi Azizbek Ahmadjonov öz tajribalari bilan bölişişadi. Ular qanday qilib Buyuk Britaniyaning eng yaxşi oliygohlariga bepul öqişga kirişgani va stipendiya olişga erişganliklari haqida batafsil ma’lumot beradi, öz tajribalari bilan bölişişadi.
Özbekistonlik.Studens ijodiy jamoasiga köra, loyihaning boş ğoyasi – Özbekiston yoşlariga xorijda öqiş bilan boğliq real imkoniyatlar haqida bilim beriş, şuningdek, öz bilimi va kuçiga suyangan yoşlar dunyoning har qanday TOP universitetlarini zabt eta olişi mumkinligini namoyiş qiliş orqali ularga motivatsiya ulaşiş, maqsadlari sari dadil qadam bosişlarida kömaklaşiş.
Ma’lumot uçun, serial boş hamkorlari – Ucell uyali aloqa operatori va Turin Politexnika universiteti, şuningdek, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi. Bundan taşqari, Özbekistonlik.Studens loyihasi Yoşlar işlari agentligi va Taşqi işlar vazirligi tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.















