Hakamlar hay’ati Pentagon maxfiy hujjatlarini oşkor qilganlikda gumonlanayotgan 21 yoşli Jyek Teyşeyraga ayblov qöydi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi saytidagi bayonotda aytiladi.

Teyşeyraga milliy mudofaa sirlari ma’lumotlarini qasddan saqlaş va uzatişda oltita ayblov e’lon qilindi.

“Ayblov xulosasida ta’kidlanganidek, AQŞ hukumati Jyek Teyşeyraga milliy mudofaa ma’lumotlari, jumladan oşkor etilsa, milliy xavfsizlikka öta jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan ma’lumotlardan foydalaniş huquqini işonib topşirgan”, dedi boş prokuror Merrik Garland.

Har bir bandda 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, uç yilgaça şartli ravişda ozod qiliş va 250 ming dollargaça jarima közda tutilgan.

Teyşeyra 13 aprel kuni AQŞ maxfiy hujjatlarini e’lon qilişda gumonlanib hibsga olingan edi. Erkak işlagan AQŞ harbiy-havo kuçlari bölimi tergov davomida razvedka işlarini töxtatdi.

May oyida The Washington Post gazetasi Teyşeyra çet el fuqarolariga maxfiy ma’lumotlarni uzatgan bölişi mumkinligini yozgan edi.