Toşkent şahrining Şayxontohur tumanidagi «Anhor-Lokomotiv» boğida joylaşgan attraksiondan ikki kişi yiqilib tuşgani holati böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.

«12 iyun kuni Şayxontoxur tumanida joylaşgan «Anhor Lokomotiv» boğida «Melnitsa» nomli attraksionga uçiş uçun çiqqan 24 yoşli erkak va 29 yoşli ayol 7-8 metr balandlikdan yiqilib tuşib tan jarohati olişgan. Tekşiriş davomida attraksion nazoratçisi fuqarolarning xavfsizlik kamari taqilganligini tekşirmasdan, attraksionni harakatga keltirgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda. 

Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, attraksiondan yiqilgan fuqarolarning holati örta oğir darajada.

«7-8 metr balandlikdan tuşib ketiş oqibatida jarohat olgan 1999 yilda tuğilgan bemor B.E.ga katatravma, qöşma şikastlanişlar, boş miya yopiq jarohati, örta darajadagi miya şikastlanişi, boş miya peşona qismi kontuzion öçoq, çap yelka suyagi katta börtmaçasining yopiq sinişi, çap tos suyagi boşçasining yopiq çiqişi, çap yelka böğimi distorsiyasi, çap yuqori qovoq, çap qöltiq sohasi, çap periorbital sohasi yumşoq töqimalari, çap yelka sohasi, çap kökrak sohasi yumşoq töqimalari şikastlanişi, teri osti qon quyilişi taşxisi qöyilgan.

1993 yilda tuğilgan bemor T.M.ga esa katatravma, umurtqa yopiq şikastlanişi, dural qopçasi ezilmagan, orqa miya funksiyasi buzilmagan holda umurtqa poğonasi suyaklari VL1-VL2 tanaçalarining I darajali kompression sinişi, umurtqaning bel qismi distorsiyasi, bel sohasi yumşoq töqimalarining şikastlanişi taşxisi qöyilgan.

Bemorlar ayni paytda neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan bölib, ahvoli örta oğir darajada. Nafas oliş va gemodinamik körsatkiçlari barqaror. Ular şifoxonada belgilangan davo standartlari asosida davolanmoqda», deyiladi xabarda.